Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat
Download 44.98 Kb.
|
Kazus yakuniy nazorat IPH
31- kazus
Bank hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʼshma korxona (qarz oluvchi) oʼrtasida kredit shartnomasi tuzilgan. Mazkur kredit shartnomasiga koʼra bank qarz oluvchiga yillik 20 foiz miqdorda ustama haq toʼlash sharti bilan 2 yil muddatga 1 360 000 000 soʼm miqdorida kredit mablagʼlari ajratgan. Kredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida bank, qarz oluvchi va masʼuliyati cheklangan jamiyat (kafil) oʼrtasida kafillik shartnomasi tuzilgan. Mazkur kafillik shartnomasiga koʼra qarz oluvchi kafillik bilan taʼminlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, kafil kreditor (bank) oldida qarz oluvchi bilan birga solidar javob berish majburiyatini oʼz zimmasiga olgan. Shuningdek, kredit majburiyatining bajarilishini taʼminlanish maqsadida bank, qarz oluvchi va masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi qoʼshma korxona (garovga qoʼyuvchi) oʼrtasida garov shartnomasi tuzilgan boʼlib, mazkur shartnomaga koʼra garovga qoʼyuvchiga tegishli, qiymati 816 000 000 soʼmlik mol-mulk garovga qoʼyilgan. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi boʼyicha majburiyatlar lozim darajada bajarilmagan, yaʼni toʼlovlar oʼz vaqtida amalga oshirilmagan deb hisoblab, Oʼzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bank manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, qarz oluvchi, kafil va garovga qoʼyuvchidan 202 553 342,53 soʼm foiz summasini undirishni, undiruvni garov narsasiga qaratishni soʼragan. 32- kazus Rishton tuman davlat soliq inspektsiyasi (bundan buyon matnda DSI deb yuritiladi) tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat qilib, «Xasanboy Karim zoovet servis» xususiy korxonasi (bundan buyon matnda korxona deb yuritiladi)ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (bundan buyon matnda SK deb yuritiladi)ning 119-moddasiga asosan eng kam oylik ish haqining oʼttiz baravaridan ellik baravarigacha (2170650 soʼmdan 3617750 soʼm) miqdorda moliyaviy jarima qoʼllashni soʼragan. Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan. Apellatsiya shikoyatida birinchi instantsiya sudlari tomonidan ish holatlari toʼliq oʼrganilmaganligi, tekshirish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilganligi, unda korxona rahbari tomonidan xizmat koʼrsatishdan tushgan 208700 soʼm pul mablagʼlariga qatʼiy hisobda turuvchi kvitantsiya berilmasdan, ushbu pullar bank muassasasiga topshirilganligi hujjatlar bilan oʼz tasdigʼini topganligi, ushbu holat korxona rahbari tomonidan tan olinganligi vaj qilib keltirilib, sud qarorlarini bekor qilib, arz qilingan talabni qanoatlantirish soʼralgan. Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik subʼektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʼxtatish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida» 2007 yil 27 apreldagi PQ-630-sonli Qarori talablari asosida DSIning 2012 yil 5 oktyabrdagi 239-xs-sonli buyrugʼiga koʼra DSI xodimlari tomonidan korxonada yakuniy hujjatli tekshirish oʼtkazilgan. Tekshirish natijasi boʼyicha 2018 yil 30 oktyabrda rasmiylashtirilgan dalolatnomada korxonaning 2017 yildagi faoliyati boʼyicha 28500 soʼm, 2018 yil uchun esa 32500 soʼm, jami 61000 soʼm soliq va boshqa majburiy toʼlovlar qoʼshimcha hisoblanishi lozimligi qayd etilgan. DSI tomonidan 2017-yil 20-noyabrda tekshirish natijasida aniqlangan huquqbuzarlik uchun soliqqa oid qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʼgʼrisida qaror qabul qilinib, korxona 2017-yildagi faoliyati davomida 208 700 soʼm mablagʼlarni NKM kvitantsiyasi yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlardan foydalanmasdan bank muassasasiga topshirib yuborganligi fakti boʼyicha SK 119-moddasining birinchi qismiga asosan eng kam oylik ish haqining 30 barobari miqdorida, yaʼni 2170650 soʼm moliyaviy jarima summasini ixtiyoriy ravishda 30 kunlik muddat ichida toʼlab berishi qayd etilgan. Biroq, DSI xodimlari tomonidan 2018-yil 30-oktyabrda rasmiylashtirilgan tekshirish dalolatnomasida DSIning 2018-yil 20-noyabrdagi qarorida koʼrsatilgan mablagʼ NKM kvitantsiyasi yoki unga tenglashtirilgan boshqa hujjatlardan foydalanmasdan bankka topshirilganligi aniqlanmagan. DSI mazkur holat korxonaga xizmat koʼrsatuvchi bankning maʼlumotnomasiga asosan aniqlanganligini vaj qilsa-da, ammo bu haqda dalolatnoma tegishli tartibda rasmiylashtirilmagan. Jumladan, hujjatning asl nusxasida korxona rahbari va bosh hisobchining ismi, sharifi koʼrsatilgan boʼlsada, u bir shaxs, yaʼni korxona rahbarining oʼgʼli N. K. tomonidan imzolangan. Bundan tashqari, soliq tekshiruvi materiallarini koʼrib chiqish haqidagi 2018-yil 30-noyabrdagi bayonnomada, DSIning soliqqa oid qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʼgʼrisidagi 2018-yil 20 noyabrdagi qarorida DSI mansabdor shaxslari tomonidan 2018-yil 30-oktyabrda tuzilgan yakuniy tekshirish dalolatnomasi koʼrib chiqilayotganligi qayd etilib, ushbu sanada tuzilgan dalolatnoma muhokama qilinmagan. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling