Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet19/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

37- kazus
Namangan viloyat prokuraturasi Norin tuman hokimligi manfaatida xoʼjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Elmurod Аbdullo ota oʼgʼli» fermer xoʼjaligi (bundan buyon matnda fermer xoʼjaligi deb yuritiladi) bilan tuzilgan 2011-yil 24 yanvardagi yer uchastkasini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasini bekor qilib, yer maydonini tuman hokimligi zaxira fondiga qaytarishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qanoatlantirilgan.
Apellyatsiya shikoyatida fermer xoʼjaligi davlat kontraktlari asosida paxta va gʼalla yetishtirish rejalarini bajarib kelganligi, ob-havo noqulayligi, yaʼni kuchli doʼl va yomgʼir yogʼishi natijasida 2017-yilda paxta va gʼalla rejasi bajarilmaganligi, kuchli doʼl va yomgʼir yoqqanligi holati Gidrometeorologiya boshqarmasining 2017-yil 20 noyabrdagi 112-sonli maʼlumotnomasi bilan tasdiqlanishi, 2018 yil gʼalla hosili uchun fermer xoʼjaligi tomonidan bankdan olingan kredit va boshqa mablagʼlar sarflangani haqidagi vajlar keltirilib, hal qiluv qarorini bekor qilish va daʼvoni rad etish soʼralgan.
Ishdagi hujjatlardan koʼrinishicha, Norin tuman hokimining 2015-yil 24 noyabrdagi 575-sonli qarori asosida fermer xoʼjaligi bilan tuman hokimligi oʼrtasida 2015 yil 24 yanvarda yer uchastkasini ijaraga olish toʼgʼrisida shartnoma tuzilgan boʼlib, fermer xoʼjaligiga paxta va gʼalla yetishtirish uchun 63,2 ga yer maydoni 49 yil muddatga ijaraga berilgan.
Аmmo, fermer xoʼjaligi yerdan paxta va gʼalla yetishtirish uchun foydalanmasdan, belgilanganidan boshqa maqsadda foydalangan holda 5,2 ga yer maydoniga terak qalamchasi, shuningdek beda va boshqa ekinlarni ekkan. Mazkur holat Namangan viloyat prokuraturasi tomonidan yer maydonlaridan belgilangan maqsadda foydalanish holatini oʼrganish jarayonida aniqlanib, fermer xoʼjaligi rahbari А.K.ga nisbatan 2018 yil 16 mayda jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Fermer xoʼjaligining yer maydonlaridan belgilanganidan boshqa maqsadda foydalanilganligi holati Norin tuman yer resurslari va davlat kadastri boʼlimining 2018- yil 15 maydagi dalolatnomasi va noqonuniy ekilgan mahsulotlarning joylashuvi tasvirlangan xarita bilan ham isbotlangan. Dalolatnomadan koʼrinishicha, fermer xoʼjaligi paxta maydoni hisobidan 148-konturdagi 2,20 ga maydonga supurgi, 285-konturdagi 2,0 ga yerga beda, 236-konturdagi 1,0 ga maydonga terak qalamchalari ekib, 1,0 ga yerni boʼsh qoldirgan. Jami 7,20 ga yer maydoniga chigit ekilmagan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling