Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet20/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

38- kazus

Daʼvogar - MChJ shaklidagi «Temiryo'l - sug'urta» qoʼshma korxonasi (bundan buyon matnda qoʼshma korxona deb yuritiladi) javobgarlar - «Solid Diamond business» MChJ, «Аsaka banki» Navoiy viloyat filiali va «Elyor» MChJga nisbatan iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, taraflar oʼrtasida 2016-yil 5-mayda tuzilgan FD - 21-010028-sonli, LV - 1-21-010029-sonli hamda FNC - 21-01-0030-sonli sugʼurta shartnomalarini muddatidan oldin bekor qilishni soʼragan.


Birinchi instantsiya sudining ajrimi bilan daʼvo koʼrmasdan qoldirilgan.
Mazkur sud hujjatlariga nisbatan qoʼshma korxona tomonidan kassatsiya shikoyati berilib, unda iqtisodiy sudi tomonidan MChJning daʼvo arizasini ish yurituvga qabul qilish va sud muhokamasiga tayinlash haqidagi ajrim qoʼshma korxonaning yuridik manzili koʼrsatilmasdan yuborilganligi sababli, u sud majlisi oʼtkazilishi lozim boʼlgan kun haqida xabarga ega boʼlmaganligi, biroq daʼvo arizasi asossiz ravishda koʼrmasdan qoldirilganligi vaj qilib keltirilib, sud hujjatlarini bekor qilib, ishni birinchi instantsiya tartibida Oliy sudi ish yurituviga qabul qilish soʼralgan.
Ish hujjatlari va sud muhokamasida aniqlangan holatlarga koʼra, sudning 2012- yil 22-oktabrdagi daʼvo arizani ish yurituvga qabul qilish va sud muhokamasiga tayinlash haqidagi ajrimi qoʼshma korxonaning yuridik manziliga pochta aloqasi orqali joʼnatilgan.
Birinchi instantsiya sudi pochta orqali yuborilgan ajrim qoʼshma korxonaga 2018-yil 1-noyabrda yetkazilib, uni qoʼshma korxona xodimi B. tilxat asosida qabul qilib olganligi holatini inobatga olib, Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksiga asosan, daʼvoni koʼrmasdan qoldirib, ishni koʼrish natijalari boʼyicha sud xarajatlarini qoʼshma korxona zimmasiga qoldirish haqida ajrim qabul qilgan.


39- kazus
«AHAD MIR BRICK» MChJ iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Denov kino-video» MChJdan 127384027 soʼm undirishni, agar javobgarning toʼlash imkoniyati boʼlmasa shu zarar miqdorida «Denov kinovideo» MChJning taʼsischisi sifatida «AHAD MIR BRICK» MChJni uning ulushdori-taʼsischisi deb belgilashni soʼragan.
Sudning 2017 yil 3 sentyabrdagi ajrimi bilan ishga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʼmitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, «Denov kinovideo» MChJdan «AHAD MIR BRICK» MChJga 127384027 soʼm zarar va sud xarajatlari undirilgan. Daʼvoning «Denov kinovideo» MChJning taʼsischisi sifatida «AHAD MIR BRICK» MChJni ulushdor-taʼsischi deb belgilash haqidagi talabi boʼyicha ish yuritish tugatilgan.
Kassatsiya shikoyatida ish holatlari toʼliq aniqlanmaganligi, aniqlangan deb topilgan holatlar isbotlanmaganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʼralgan.
Kassatsiya protestida daʼvo arizasi imzolash huquqiga ega boʼlmagan shaxs tomonidan imzolanganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni koʼrmasdan qoldirish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, daʼvo arizasi «AHAD MIR BRICK» MChJ rahbari tomonidan emas, balki uning nomidan nomaʼlum shaxs tomonidan imzolangan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling