Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet17/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

33- kazus

«AHAD MIR BRICK» MChJ iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Denov kino-video» MChJdan 127384027 soʼm undirishni, agar javobgarning toʼlash imkoniyati boʼlmasa shu zarar miqdorida «Denov kinovideo» MChJning taʼsischisi sifatida «AHAD MIR BRICK» MChJni uning ulushdori-taʼsischisi deb belgilashni soʼragan.


Sudning 2017-yil 3-sentabrdagi ajrimi bilan ishga Oʼzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʼmitasi Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo qisman qanoatlantirilib, «Denov kinovideo» MChJdan «AHAD MIR BRICK» MChJga 127384027 soʼm zarar va sud xarajatlari undirilgan. Daʼvoning «Denov kinovideo» MChJning taʼsischisi sifatida «AHAD MIR BRICK» MChJni ulushdor-taʼsischi deb belgilash haqidagi talabi boʼyicha ish yuritish tugatilgan.
Apellatsiya shikoyatida ish holatlari toʼliq aniqlanmaganligi, aniqlangan deb topilgan holatlar isbotlanmaganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish haqida yangi qaror qabul qilish soʼralgan.
Apellatsiya protestida daʼvo arizasi imzolash huquqiga ega boʼlmagan shaxs tomonidan imzolanganligi sababli hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni koʼrmasdan qoldirish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, daʼvo arizasi «AHAD MIR BRICK» MChJ rahbari tomonidan emas, balki uning nomidan nomaʼlum shaxs tomonidan imzolangan.


34- kazus
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm filiali (bundan buyon matnda daʼvogar deb yuritiladi) iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, «Zulfiya-Muxlisa» xususiy korxonasi (bundan buyon matnda javobgar deb yuritiladi)dan 4203750 soʼm asosiy qarz, 8407500 soʼm penya undirishni hamda taraflar oʼrtasida 2018-yil 8-sentabrda tuzilgan 104-sonli shartnomani bekor qilishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining ajrimi bilan daʼvo ariza koʼrmasdan qoldirilgan.
Apellyatsiya shikoyatida sud tomonidan daʼvogarning 2018-yil 12-noyabrdagi 1407-sonli va 2018-yil 26-noyabrdagi 1468-sonli javobgarga yuborgan talabnomalarini inobatga olmasdan, daʼvoni koʼrmasdan qoldirib, ishni bir tomonlama koʼrib chiqqanligi bayon qilinib, sud ajrimini bekor qilib, ishni yangidan koʼrish uchun birinchi instantsiya sudiga yuborish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, taraflar oʼrtasida 2018-yil 8-sentabrda 104-sonli oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Shartnomaga binoan javobgar daʼvogarga 25 dona, qiymati 1121000 soʼmdan boʼlgan jami 28025000 soʼmlik «funktsional tibbiyot krovati» (keyinchalik matnda – mahsulot) yetkazib berishi, daʼvogar esa mahsulot haqini toʼlab berish majburiyatini olgan.
Shartnoma shartiga koʼra, daʼvogar tomonidan oldindan 4203750 soʼm, yaʼni 15 foizlik toʼlov amalga oshirilgan. Biroq, javobgar tomonidan mahsulotlar yetkazib berilmagan.
Shu sababli, daʼvogar iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgardan 4203750 soʼm asosiy qarz, kechiktirilgan toʼlov kunlari uchun 8407500 soʼm penya undirishni hamda taraflar oʼrtasida 2018-yil 8-sentabrda tuzilgan 104-sonli shartnomani bekor qilishni soʼragan.
Daʼvogarning daʼvo arizasi sudning 2019-yil 16-yanvardagi ajrimi bilan ish yuritishga qabul qilingan va ishni koʼrish 2018-yil 30-yanvar kuniga tayinlangan. Sud majlisida daʼvogar vakili javobgar tomonidan mahsulot yetkazib berilganligi sababli, faqat penya summasini undirib berishni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudi Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining moddasiga asosan, daʼvogar nizoni sudgacha hal etish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya qilmaganligini asos qilib, daʼvoni koʼrmasdan qoldirgan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling