Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat
Download 44.98 Kb.
|
Kazus yakuniy nazorat IPH
29- kazus
Daʼvogar aktsiyadorlik jamiyati javobgarlar fermer xoʼjaligi va masʼuliyati cheklangan jamiyati oʼrtasida koʼchmas mulk oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan. Shartnoma shartlariga koʼra, daʼvogarga mulk huquqi asosida tegishli boʼlgan 10 347,0 m2 yer maydonida joylashgan, shundan qurilish osti maydoni 1 123,12 m2, umumiy foydalanish maydoni 963,53 m2, jami 6 xonadan iborat tovuqxona binosini fermer xoʼjaligiga 81 000 000 soʼmga sotish belgilangan. Ushbu shartnoma daʼvogar bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi N.U. tomonidan imzolangan. Jinoyat ishlari boʼyicha sudning xukmiga koʼra, N.U. 1 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni mansabdorlik va moddiy javobgarlik vazifalari yuklatilgan lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan. Bunga asosan, daʼvogar jamiyat kuzatuv kengashining qaroriga koʼra, bosh direktor vazifasini bajaruvchisi N.U. egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. N.U. daʼvogar rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi hisoblanmasa-da, uning ishtirokida umumiy yigʼilish oʼtkazilgan va yigʼilish bayonnomasi hamda koʼchmas mulkni sotish toʼgʼrisidagi shartnomasiga daʼvogar rahbari sifatida imzo qoʼygan. Shu sababli daʼvogar iqtisodiy sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, taraflar oʼrtasida tuzilgan koʼchmas mulk oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topishni soʼragan. Sud oldi-sotdi shartnomasini bekor qilib, daʼvo arizasini qanoatlantarilgan. 30- kazus Masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona (bundan buyon matnda xorijiy korxona deb yuritiladi) hamda xususiy korxona oʼrtasida 2014 yil 1 aprelda 01/38-sonli ijara shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnoma shartlariga koʼra xorijiy korxona oʼziga tegishli boʼlgan Namangan shahar Boburshoh koʼchasi 166-uyda joylashgan binoning 3 000 kvadrat metr qismini xususiy korxonaga ijaraga berishi, xususiy korxona esa xorijiy korxonaga har oyda 2014 yilda 5 000 000 soʼmdan va 2015 yildan boshlab 7 000 000 soʼmdan toʼlab borish majburiyatini olgan. Xorijiy korxona 2014-yil 1-aprelda xususiy korxonaga binoning 3 000 kvadrat metr qismini topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan topshirgan. Biroq, xususiy korxona tomonidan shartnoma shartlari toʼliq bajarilmasdan, ijara toʼlovlari oʼz vaqtida toʼlab berilmagan. Natijada, xorijiy korxona xususiy korxonaga nisbatan sudga bir necha marta daʼvo arizalari bilan murojaat qilib, oʼz vaqtida toʼlab berilmagan ijara toʼlovlarini undirishni soʼragan. Sudning 2017-yil 24-yanvardagi hal qiluv qarori bilan xususiy korxonadan xorijiy korxona foydasiga 7 000 000 soʼm, 2017 yil 30 avgustdagi hal qiluv qarori bilan 19 142 226 soʼm, 2017-yil 10-oktabrdagi hal qiluv qarori bilan 21 000 000 soʼm ijara toʼlovlari undirilgan. Biroq xususiy korxona tomonidan ijro hujjatlari boʼyicha toʼlovlar amalga oshirilmagan. Shuningdek, xususiy korxona tomonidan 2017-yilning oktabr va noyabr oylarida ijara toʼlovlari amalga oshirilmaganligi natijasida 14 000 000 soʼm qarzdorlik vujudga kelgan. Shu sababli xorijiy korxona xususiy korxonaga nisbatan suda daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, 14 000 000 soʼm ijara toʼlovlarini undirishni va taraflar oʼrtasida tuzilgan 2014-yil 1-apreldagi 01/38-sonli ijara shartnomasini bekor qilishni soʼragan. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling