Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat
Download 44.98 Kb.
|
Kazus yakuniy nazorat IPH
23- kazus
2021-yil 10-aprel kuni Yunusobod tuman energiya taʼminoti korxonasi “Lyuks” MChJga nisbatan energiya taʼminoti shartnomasi boʼyicha mavjud 15 million soʼm qarzdorlikni undirish boʼyicha sud buyrugʼini chiqarish toʼgʼrisidagi ariza bilan murojaat qilgan. 2021-yil 25-aprel kuni sud buyrugʼi chiqarilgan. 2021-yil 30-aprel kuni “Lyuks” MChJ tomonidan sud buyrugʼini berish toʼgʼrisidagi arizaga eʼtiroz kelib tushgan. Sudya tomonidan ushbu ariza qanoatlantirilib sud buyrugʼi bekor qilingan. 24- kazus Hakamlik muhokamasi taraflaridan biri hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish toʼgʼrisidagi ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat qilingan. Iqtisodiy sud tomonidan hakamlik sudi daʼvo talablari notoʼgʼri qanoatlantirilganligi, daʼvo talablariga asos boʼlgan holatlar toʼliq isbotlanmaganligini asos qilib, hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berishni rad qilib, hakamlik sudining qarorini bekor qilgan. 25- kazus Daʼvogar fermer xoʼjaligi hamda javobgar Turon bank oʼrtasida 2020-yil 1- dekabrda 18-sonli bank hisobvaragʼi shartnomasi tuzilgan. Mazkur shartnomaning shartlariga koʼra javobgar daʼvogarning topshirigʼiga asosan hisob-kitob va kassa xizmatlarini koʼrsatib, barcha hisob-kitob va kassa amaliyotlarini hamda hisob raqamga kelib tushgan pul mablagʼlarini tegishli toʼlov hujjatiga asosan javobgarga kelib tushgan kunning oʼzida yoki keyingi ish kunidan kechiktirmay daʼvogarning hisobvaragʼiga kiritib borish, daʼvogar esa javobgarning xizmatlari uchun xizmat haqi toʼlash majburiyatini olgan. Javobgar tomonidan 7 ta holatda toʼlov hujjatisiz daʼvogarning hisobvaragʼidan 15 100 033 soʼm pul mablagʼi hisobdan chiqarilgan, paxta va gʼalla imtiyozli kreditlari uchun jami 4 760 699 soʼm ortiqcha kredit foizlari undirib olingan deb hisoblab, Oʼzbekiston fermer, dehqon xoʼjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi daʼvogar manfatida javobgarga nisbatan sudga murojaat qilib, toʼlov hujjatisiz hisobdan chiqarilgan 15 100 033 soʼm, paxta va gʼalla imtiyozli kreditlari uchun ortiqcha undirib olingan 4 760 699 soʼm hamda toʼlov hujjatisiz pul mablagʼlarini hisobdan chiqarilganligi uchun 200 165 965 soʼm jarima undirishni soʼragan. Download 44.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling