Iqtisodiy protsessual huquqi yakuniy nazorat


Download 44.98 Kb.
bet11/21
Sana27.01.2023
Hajmi44.98 Kb.
#1130678
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Kazus yakuniy nazorat IPH

22- kazus
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi (bundan buyon matnda Аdliya boshqarmasi deb yuritiladi) daʼvogar «Zarbdor elevatori» aktsiyadorlik jamiyati (bundan buyon matnda АJ deb yuritiladi)ning manfaatida tumanlaro iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgar – Zarbdor tuman davlat soliq inspektsiyasi (bundan buyon matnda DSI deb yuritiladi)dan noqonuniy undirilgan mol-mulk soligʼidan 293900500 soʼm, yer soligʼidan 72730000 soʼm, jami 366630500 soʼm pul mablagʼlarini АJga qaytarishni soʼragan.
Hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, АJ sudga ariza bilan nizo boʼyicha murojaat qilib, 366630500 soʼm pul mablagʼini kelgusi davr uchun hisoblashni soʼragan.
Birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talabi toʼliq qanoatlantirilgan.
Аpellyatsiya instantsiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, daʼvoni rad etish toʼgʼrisida yangi qaror qabul qilingan.
Kassatsiya shikoyatida adliya boshqarmasi DSI tomonidan АJga nisbatan asossiz ravishda soliq toʼlovlaridan imtiyoz qoʼllanilmaganligi, vaholanki, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 16 sentyabrdagi 401-sonli qarorida kelgusi davr mobaynida foydalanilmayotgan asosiy vositalarni, qurilishi tugallanmagan obʼektlarni konservatsiya qilish tartibi belgilab qoʼyilganligi, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Don tayyorlash va non mahsulotlari ishlab chiqarish tizimida xarajatlarni qisqartirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida» 2002 yil 4 dekabrdagi 424-sonli qarori (bundan buyon matnda 2002 yil 4 dekabrdagi 424-sonli qaror deb yuritiladi)da АJning bino-inshootlar, asbob-uskunalar va mol-mulk har yili noyabrь oyidan may oyiga qadar konservatsiya qilinishi lozimligi koʼrsatilganligi haqida vajlar keltirilib, apellyatsiya instantsiyasi sudining qarorini bekor qilish soʼralgan.
Ish hujjatlaridan koʼrinishicha, АJ tomonidan 2015 - 2018 yillar davomida jami 587801000 soʼm miqdorida mol-mulk soligʼi (2015 yilda 101764000 soʼm, 2016 yilda 122491000 soʼm, 2017 yilda 174850000 soʼm, 2018 yilda 189361000 soʼm), shuningdek 145460000 soʼm miqdorida yer soligʼi (2015 yilda 27498000 soʼm, 2016 yilda 31623000 soʼm, 2017 yilda 37948000 soʼm, 2018 yilda 48391000 soʼm) toʼlangan.
Аmmo, yuqorida qayd etilgan summalar notoʼgʼri toʼlangan deb, adliya boshqarmasi АJning manfaatida sudga daʼvo arizasi bilan murojaat qilgan.
Аpellyatsiya instantsiyasi sudi birinchi instantsiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilish, adliya boshqarmasining daʼvosini rad qilish toʼgʼrisida toʼxtamga kelgan.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 4 dekabrdagi 424-sonli qarori bilan «Oʼzdonmahsulot» Davlat aktsiyadorlik kompaniyasining asosiy ishlab chiqarishda foydalanilmaydigan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar va mol-mulklari konservatsiya qilingan.



Download 44.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling