Iqtisodiy samaradorligini belgilaydigan asosiy sifat kursatgichlaridan


Download 317.77 Kb.
bet3/11
Sana02.05.2023
Hajmi317.77 Kb.
#1421015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xalikov

AERODROM SINFINI ANIQLASH

Aeroportning asosiy elementi aerodrom hisoblanadi. Aerodrom havo kemalarining havfsiz uchishi, qo‘nishi, yugirib borishi, to‘xtab turishi va saqlanishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Aerodromning asosiy elementi uchish-qo‘nish tasmasi (UQT) bo‘lib, uning uzunligi shu aeroportda foydalaniladigan uchish-qo‘nish tasmalarining xavfsizligini ta’minlashi kerak.


Aerodrom sinfi SUQT sinfi bo‘yicha belgilanadai, u standart sharoitlarda SUQTning kerakli uzunnligi bo‘yicha aniqlanadi. (3-jadval) Ma’lum turdagi HK uchun UQTning kerakli uzunligi uning uchish-qo‘nish tavsifi hisoblanadi, u standart sharoitlarda uchish va qo‘nish sxemalari uchun HKlarining uchish sinovlarida aniqlanadi.
Standart sharoitlar:

  • Juda quruq havo;

  • Havo harorati , soat 13-00 da iyulda

  • Atmosfera bosimi

  • Havoning tinch holati – sokin

  • SUQTning yuzasi – gorizontal va quruq

SUQTning sinfiga ko‘ra aerodromlar 6 ta sinfga bo‘linadi va ular A, B, V, G, D, E harflari bilan belgilanadi.
SUQTning va gruntli UQTning uzunligi aerodrom sinfi bo‘yicha quyidagicha bo‘ladi.
3-jadval

Ko‘rsatkich

Aerodrom sinfi

A

B

V

G

D

E

Standart sharoitlarda SUQTning eng kichik uzunligi, m

3200

2600

1800

1300

1000

500

GUQTning eng kichik uzunligi, m

3500

2860

1980

1430

1100

550

Har xil turdagi HK uchun standart sharoitlarda SUQTning minimal uzunligi 4-ilovada berilgan. Aerodrom sinfini aniqlash uchun HKning hisobiy turi aniqlanadi. Havo kemasining hisobiy turi – bu standart sharoitlarda shu aeroportda foydalanilayotgan hamma HK parkiga nisbatan SUQTning eng katta uzunligi talab qilinadigan havo kemasidir. Havo kemalarining hisobiy turi va uning uchish-qo‘nish tavsiflari (4-ilova) va qiymatlari (3-jadval) bo‘yicha aerodrom sinfi aniqlanadi.



Download 317.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling