Iqtisodiy samaradorligini belgilaydigan asosiy sifat kursatgichlaridan


SUN’IY UCHISH-QO‘NISH TASMALARI (SUQT) SONINI ASOSLASH


Download 317.77 Kb.
bet5/11
Sana02.05.2023
Hajmi317.77 Kb.
#1421015
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
xalikov

SUN’IY UCHISH-QO‘NISH TASMALARI (SUQT) SONINI ASOSLASH
SUQTning kerakli soni “pik” paytda HKlarining uchish-qo‘nish amallari (UQA)ning jadalligiga va yakka SUQTning o‘tkazish qobiliyatiga bog‘liq. YAkka SUQT yoki SUQT sistemasining o‘tkazish qobiliyati - uchish-qo‘nish amallarining bir soatdagi maksimal jadalligi - dan ko‘p bo‘lishi kerak. YAkka UQT o‘tkazish qobiliyatining me’yoriy qiymati – 30 UQA/soat ga teng deb olinadi.

Aeroportdagi uchish-qo‘nish amallarining xavfsizligi va muntazamliligini ta’minlash uchun bitta sun’iy uchish-qo‘nish tasmasi etarli bo‘ladi.
Xududda uchish-qo‘nish tasmalarini orientirlash
Aerodromdan yil davomida foydalanish, ya’ni havo kemalarining uchish va SUQTga qo‘nish havfsizligini ta’minlash uchun SUQTning shamoldan tushadigan yuklamasi koeffitsienti (SHYUK) aniqlanadi. SHYUK – shamollarning takrorlanuvchanlik qiymati bo‘lib, unda shamol tezligining me’yordagi yon tashkil etuvchisi (% da) ma’lum turdagi havo kemasi uchun tezligining ruxsat etilgan me’yoriy qiymatidan oshmaydi.
SUQTning talab qilinadigan minimal shamoldan tushadigan yuklamasi A, B, V sinfli aerodromlar uchun shamol tezligining me’yordagi yon tashkil etuvchisi 12 m/s bo‘lgan holatda – 98 %.
Kurs ishida ushbu shart UQT shamollar yo‘nalishini ko‘rsatadigan qabul qilingan yo‘nalishda (SH, J, SH, G‘, SHSH, SHG‘, JSH, JG‘) orientirlangan holatda bajarilgan hisoblanadi.
Aerodrom elementlarining rejalashtirish parametrlarini aniqlash
Aeroport hududi funksional-texnologik vazifasiga ko‘ra shartli ravishda aerodrom hududi va texnik xizmat ko‘rsatish hududi (TXH) ga ajratiladi. Ularda joylashgan bino va inshootlar esa asosiy va qo‘shimcha ishlab chiqarish vazifasidagi inshootlarga ajratiladi.
Aerodrom xududiga quyidagilar kiradi:

  • Uchish tasmasi (SUQT)

  • Rullash yo‘llari (RY, MRY va qo‘shimcha yo‘llar)

  • Perron (P), turish joylari (TJ), havo kemalarining saqlash joylari (SJ)

  • Maxsus vazifadagi maydonchalar

  • Aeronavigatsiya uskunalari.




Download 317.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling