Iqtisodiy ta'limotlar
Asosiy tushuncha va iboralar
Download 2.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiy ta\'limotlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va mulohaza uchun savollar
- 21-BOB. JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI IQTISODIY TALIMOTLAR
Asosiy tushuncha va iboralar
Neoklassik sintez ; Samuelson; inqirozsiz iqtisodiy sikl; Nobel mukofoti laureatlari; "Ekonomiks"; cheklangan resurs; o`sib boruvchi iste'mol; Ekonometrika evolutsiyasi; ekonometrika sohasidagi respublikamiz olimlari. Nazorat va mulohaza uchun savollar 1.Neoklassik sintezning mohiyati. 2.P.Samuelsonning "Ekonomiks" asaridagi asosiy g`oyalar. 3."Ekonomiks" asarida qaysi olimlarning fikrlari tanqid qilinadi? 4. Yangi yo`nalishning o`ziga xos xususiyatlari. 361 5.Iqtisodiyot bo`yicha Nobel mukofotlari qachondan beri topshiriladi? Bir necha mashhur laureatlarga xarakteristika bering. 6.Ekonometrikaning hozirgi davrdagi asosiy yo`nalishlari qanday muammolarni hal etadi? 7.Respublikamiz olimlarining ekonometrika sohasidagi ishlarini izohlab bering. Dunyo savdo bilan obod bo`lur. Amir Temur. 21-BOB. JAHON XO`JALIGI TO`G`RISIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR Hozirgacha biz asosan ayrim mamlakatlardagi milliy iqtisodiyot, iqtisodiy jarayonlar to`g`risida fikr yuritdik. Ammo iqtisodiyotga xos bo`lgan muhim bir xususiyat shuki, u chegara bilmaydi, baynalmilal xarakterga ega. Agar bu masalaga tarixan yondashilsa, iqtisodiyotning, xo`jaliklarning yaqinlashuv jarayoni ilgaridan ma'lum. Masalan, eramizdan avvalgi II asrdayoq Buyuk ipak yo`li bilan Xitoy, Yaponiya, Koreya mollari Hindiston, Eron, O`rta Osiyo orqali Vizantiya va Italiyaga olib kelingan, u yerdan sotib olingan mollar boshqa mamlakatlarga olib borilgan. Tarixiy faktlarga murojaat etilsa, har bir karvonda ko`p sonli odamlar, yuk ortilgan ot, tuya, xachir va boshqalar bo`lgan, yo`l bir necha oylab davom etgan. Bu xalqaro savdo yo`li XIV-XV asrlarda Amir Temurning olib borgan iqtisodiy siyosati tufayli keng rivojlandi (kam boj olingan, karvon yo`llari qaroqchilardan himoya qilingan, bir kunlik yo`l oxirida karvonsaroy bo`lgan, u yerda suv uchun quduqlar, sardobalar qurilgan, ot-ulov, yem-xashak va oziq-ovqatlari saqlangan). Amir Temur "Dunyo savdo bilan obod bo`lur", degan fikr bildirgan, bu fikrning hozirgi davrda qanchalik dolzarbligi hammaga ayon. Bobur Hindistonda podsholik qilgan davrda ham bu sohada muhim ishlar qilingan. Agradan Qobulgacha bo`lgan yo`l bo`ylab har 15 mil (1 mil q 1.6 km) masofaga 6 tadan ot va unga qaraydigan xizmatchilar qo`yilib, ular xalqqa xizmat qilgan (U.Erskin Bobur Hindistonda T., "Cho`lpon", 111- bet.) Jahon bozorining vujudga kelishi ko`pincha XV asr oxiri va XVI asr boshi bilan belgilanadi. Bu fikrda ham jon bor albatta, chunki buyuk geografik kashfiyotlar tufayli Amerika qit'asi, ko`plab yangi orol va 362 mamlakatlar ochildi. Ular bilan dengiz orqali iqtisodiy aloqa kuchaydi, mustamlakachilik tizimi vujudga keldi. Iqtisodiyotning baynalmilallashuv jarayoni doim rivojlanishda bo`ldi va ayniqsa ikkinchi jahon urushidan keyin bu jarayon mazmun jihatdan tobora chuqurlashib, hududi kengayib bormoqda. Jahon xo`jaligi, uning paydo bo`lishi, rivojlanishi va takomillashuv qonuniyatlari, tamoyillari doim olim va mutaxassislarning diqqat markazida bo`lgan. Download 2.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling