Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

52 

 

A.Soliyev  O‗zbekistonda  birinchi  bo‗lib  geografiya  fanining  yangi 



yo‗nalishlariga  asos  solgan  va  yetakchilik  qilgan.  Masalan,  mustaqillik  yillarida  

olim  rahbarligida  respublikamizda  ―noan‘anaviy‖  deb  ataluvchi  ko‗pgina 

yo‗nalishlarda  (tibbiyot,  jinoyatchilik,  fan  va  ta‘lim,  turizm  geografiyasi  va  b.) 

nomzodlik  va  doktorlik  dissertatsiyalari  himoya  qilingan.  Shuningdek, 

A.Soliyevning  rahbarligida  sanoat,  aholi,  shaharlar  va  boshqa  eng  dolzarb 

masalalarga tegishli dissertatsiyalar ham himoya qilingan. 

Professor  A.Soliyev  bir  necha  yillar  davomida,  ya‘ni  2003-2016-yillarda 

O‗zbekiston  Geografiya  jamiyatining  prezidenti  sifatida  ham  samarali  ishlar  olib 

bordi. Olim tomonidan quyidagi o‗quv qo‗llanma, darslik va ilmiy monografiyalar 

yaratilgan:  ―Iqtisodiy  geografiya  asoslari‖  (1996);  ―Iqtisodiy  geografiyaning 

nazariy va amaliy masalalari‖ (1999); ―Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning asosiy 

muammolari‖  (2002);  ―Mintaqaviy  iqtisodiyot‖  (2003),  ―Iqtisodiy  va  siyosiy 

geografiya  asoslari‖  (2003),  ―Tibbiyot  geografiyasi‖  (2005);  ―Turizm 

geografiyasi‖  (2005),  ―Qishloq  joylar  demografiyasi‖  (2005),  ―Qo‗shma 

korxonalar geografiyasi‖ (2006), ―O‗zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi‖ 

(2014) va boshqalar. 

A.Soliyevning  ilmiy  maktabi  respublikamiz  oliy  o‗quv  yurtlari  va 

viloyatlarida  tayanch,  o‗ziga  xos  markazlarni  shakllantirishga  muvaffaq  bo‗lgan. 

A.Soliyev 400 ga yaqin ilmiy ishlar, 30 dan ortiq monografiya, o‗quv qo‗llanma va 

darsliklar,  ilmiy  maqolalar  e‘lon  qilgan,  40  ta  fan  nomzodi  va  5  nafar  fan 

doktorlarini tayyorlagan.  


Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling