Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya 37


IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA


Download 424.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/36
Sana09.01.2022
Hajmi424.26 Kb.
#259379
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
7 Мавзу

IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA 

 

69 

 

yondasha  olmagan.  Tabiat  va  jamiyat  o‗rtasidagi  aloqalar  mohiyatini  Gumboldt 



(zamonasining  ko‗p  olimlari  kabi)  geografik  determinizm  doirasida  baholadi. 

Shuning  uchun  Gumboldtning  geografiyasi  bir  butunligi  bu  tabiiy  geografiyaning 

bir butunligi – ―Yer shari fizikasi‖dir. Yerdagi hodisalarning sababiylik aloqalarda, 

geografik  bilishning  markaziy  vazifasi  deb  Gumboldt  organik  dunyoning  notirik 

tabiatga  bog‗liqligi:  o‗simliklar  dunyosi  va  iqlim  o‗rtasidagi  aloqalari,  iqlimni 

xuddi  havo  qobig‗i,  quruqlik  va  okeanning  ustki  qismining  birgalikdagi  mahsuli 

sifatida  o‗rganish  deb  hisoblagan.  Bunday  yondashuv  Gumboldtga  muhim  tabiiy 

geografik  qonuniyatlarni 

–  tabiatning  kenglik  va  balandlik  bo‗yicha 

mintaqalanishini  ochish  imkonini  berdi.  Shunga  qaramay  Gumboldtdagi  tabiiy 

geografik sintez faqat o‗simlik – iqlim munosabatlarini qamrab oladi, chunki o‗sha 

davrda  tabiatning  boshqa  komponentlariga,  ayniqsa,  tuproqlarga  doir  materiallar 

yetarli emas edi. Gumboldt qarashlarining chegaralanganligi, geografik hodisalarni 

tabiiy talqinida ham ko‗proq yaqqol ko‗zga tashlanadi. ―Biz uchun yerdagi tabiiy 

hodisalarni  oxirigacha  o‗simlik  formalari  rivojlanishiga  qadar  va  o‗z-o‗zini 

belgilovchi  tirik  organizm  harakatigacha  kuzatishda  ehtiyoj  mavjud‖.  Bu  yerda 

Gumboldt insonni ham ―uning turli xil fizik xususiyatlariga‖ kiritib qo‗yadi. Tabiat 

hodisalari  o‗zaro  aloqalarini  o‗rgana  turib  Gumboldt  ularning  makondagi 

o‗zgarishiga  e‘tibor  qaratgan,  shuning  uchun  ham  tabiiy  yer  tasvirlash,  makonda 

ularning  tartib  bilan  tarqalishini  ko‗rib  chiqadi.  Bunday  yondashuv  amerikalik 

geograf R.Xartshornga Gumboldt konsepsiyasini xorologik (tarixiylikni rad etgan) 

deb  baholash  imkonini  berdi.  Biroq  A.G.Isachenko  fikriga  ko‗ra,  bunday 

fikrlashning yolg‗onligini isbotlash qiyin emas. Gumboldt tabiiy o‗zaro aloqalarni 

o‗rganishni  qandaydir  ma‘lum  hududlar  bilan  chegaralamagan,  balkim  tadqiqot 

obekti  sifatida  butun  Yer  sharini  ko‗rib  chiqqan.  Xorologik  yondashuv 

tarafdorlaridan  farq  qilgan  holda,  Gumboldt  tabiiy  geografik  tadqiqotlarda 

tarixiylik  metodini  yoqlab  chiqqan:  ―Tabiatni  o‗rganishni tabiat  tarixidan  ajratish 




Download 424.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling