Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Mazkur tadbir doirasida ekspertlar rahbarligida oʼtkazilgan toʼrtta sessiya quyidagi kontsepsiyani shakllantirishga yordam berdi


Download 39.25 Kb.
bet10/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Mazkur tadbir doirasida ekspertlar rahbarligida oʼtkazilgan toʼrtta sessiya quyidagi kontsepsiyani shakllantirishga yordam berdi:
- "Yangi imkoniyatlar sari: Oʼzbekistonning yashil tiklanishi va olgʼa yoʼl" pandemiyani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini muhokama qilish va "yashil tiklanish" rejalarini, hamda resurslardan foydalanish unumdorligini oshirish uchun mavjud siyosiy va moliyaviy vositalarni ishlab chiqish imkonini berdi.
- "Oʼzbekistonni yashil tiklanishi uchun yetishmovchilik va imkoniyatlarni izlab topish" yashil iqtisodiyot Strategiyasini oʼrganish va COVID-19 inqirozidan soʼng mamlakatni tiklash boʼyicha rejalar bilan aloqadorligini oʼrnatish imkonini berdi. BMTTD kelishuvlarga sodiqligini va konsultativ hamda muvofiqlashtirish madadini taqdim yetish, texnik yordam koʼrsatish va donorlar hamda sarmoyadorlar mablagʼlarini jalb qilishga yordam berish orqali yashil iqtisodiyot boʼyicha Milliy idoralararo kengashni har tomonlama qoʼllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
- "Yashil moliyalashtirish vositalariga chuqur kirishish": yashil sarmoyalash uchun xatarliklarni kamaytiruvchi omillarni aniqlagan holda tegishli moliyaviy vositalar, hamda tegishli loyihalarni moliyalashtiradigan mavjud xalqaro jamgʼarmalar va institutlar bilan amaldagi milliy va xalqaro ishlash tajribasini qamrab oladi.
- "Xususiy sektorda raqamli transformatsiya uchun maqbul muhit": Oʼzbekistonning raqamli transformatsiyasi va yashil tiklanishiga koʼmaklashishda xususiy sektor salohiyatini toʼliq erkinlashtirishga urinishlarda duch kelinadigan huquqiy baza, moliyalashtirish, aloqa va infratuzilma bilan bogʼliq boʼlgan muammolarni koʼrib chiqish imkonini beradi.
Toʼrtta sessiyadan soʼng ishtirokchilarning oʼzaro qizgʼin munozaralari oʼtkazildi, forumni oʼzi yesa Oʼzbekistonni yashil tiklanish boʼyicha kelishilgan ustuvor harakatlarining umumlashtirilgan maʼlumotlarini taqdim yetish bilan yakunlandi. Forum ishda 350 nafardan ortiq xususiy va davlat sektorlari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok yetdi.
Muhokamalar va umumiy tavsiyalar uchun forumda BMT taraqqiyot Dasturi tomonidan tayyorlangan "Yashil tiklanish va Oʼzbekistonni yashil iqtisodiyotga oʼtishi" nomli tahliliy maʼlumotnomadan qisqacha izohlar taqdim yetildi. Hujjatda "yashil" tiklanish uchun ustuvor sektorlar aniqlangan, ularning imkoniyatlari va muammolari tahlil qilingan, hamda "yashil" iqtisodiyotning Milliy strategiyasini amalda bajarishga yordam berishi mumkin boʼlgan "yashil" strategiyalar, harakatlar va amaliyotlar hukumatga taqdim yetildi. Qisqacha maʼlumot suvdan samarali foydalanish, oqava suvlarni tozalash va ulardan qayta foydalanish va energiyaning muqobil manbalariga keng koʼlamda oʼtish, chiqindilarni boshqarish, qayta ishlash va qattiq maishiy chiqindilar poligonlari ekologik taʼsirini pasaytirish, elektr transportidan foydalanishni ragʼbatlantirish, shaharni yashil koʼrinishga keltirish gʼoyasini ilgari surish, sanoat, qurilish va turar joylar qurilishini koʼkalamzorlashtirish, yetkazib berish zanjirlaridagi qoʼshimcha qiymatni "yashillashtirish" va oshirish, unumdorlik hamda resurslar barqarorligini (ayniqsa, qishloq xoʼjaligida) oshirish, xususiy sektorni "yashil" sarmoyalardan foydalana olishi va atrof muhitni muhofaza qilish boʼyicha xabardorligini oshirish kabi sohalarda BMTTD va boshqa rivojlanish boʼyicha xalqaro agentliklar hamda donorlarni Oʼzbekiston Respublikasi hukumati bilan uzoq muddatli oʼzaro hamkorligiga koʼmak berish uchun ishlatiladi, bularni barchasi yesa Oʼzbekistonni koronavirusdan keyingi olamda yanada yashil va barqaror rivojlanishiga koʼmak berishi mumkin.
Forumning tahliliy maʼlumotnoma va tavsiyalarida taklif etilgan ustuvor saʼy-harakatlar keng koʼlamli maslahatlashuvlarni va BMTTDning "Oʼzbekistonda yashil tiklanishga oʼtish yoʼlida" loyihasi doirasida qoʼshma tadqiqotlar oʼtkazishni tashkil yetish uchun Oʼzbekiston Respublikasi hukumatiga taqdim yetiladi. Oʼzbekiston hukumati boshchiligida amalga oshirilayotgan keng miqyosdagi yashil iqtisodiyotga oʼtish uchun yoʼl xaritasi va investitsiyaviy strategiyani ishlab chiqish mazkur jarayonning kutilayotgan yakuniy natijasi boʼladi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling