Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Mehnat unumdorligi ortishi YaIM oʼsishining asosiy omili boʼldi


Download 39.25 Kb.
bet5/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Mehnat unumdorligi ortishi YaIM oʼsishining asosiy omili boʼldi
Oʼzbekistonda 1996 yildan 2016 yilgacha boʼlgan muddatda aholi jon boshiga YaIMning kumulyativ oʼsishi 165 foiz deb qayd etilgan.
Ushbu davrda bir xodimga nisbatan mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmi, taxminan, 150 foiz oshdi. Ushbu davrda aholi jon boshiga YaIMning oʼsishi, asosan, mehnat unumdorligi oʼsishi va demografik oʼzgarishlar tufayli yuz berdi. Аmmo ushbu davrda iqtisodiy faol aholiga nisbatan bandlik darajasi, shuningdek, mehnatga layoqatli aholiga nisbatan iqtisodiy faol aholi darajasi pasaydi. Oʼzbekistonda mehnat unumdorligi oʼsishi tarmoqlar oʼrtasidagi resurslar almashinuvi hisobiga emas, asosan, tarmoqlar ichida yuz berdi.
Ish oʼrinlarini yaratish surʼati iqtisodiy faol aholining oʼsishidan orqada qolmoqda
1996 yildan 2016 yilgacha qoʼllangan «oʼzbek modeli» tez oʼsib borayotgan iqtisodiy faol aholi uchun yetarli boʼlgan ish oʼrinlari yaratib bera olmadi. Аyniqsa, sanoatning ishlab chiqarish tarmoqlarida yangi ish oʼrinlarini yaratish jiddiy muammolardan biri edi. Oziq-ovqat sanoati, yengil sanoat va boshqa tarmoqlar shular jumlasidandir. Umumiy bandlikning atigi 13 foizi qazib olish va ishlab chiqarish sanoati ulushiga toʼgʼri keladi. 2016 yilda bu koʼrsatkich, boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda, ancha past edi: Turkmanistonda 45 foiz, Belarusda 32 foiz, Ukrainada 25 foiz, Qirgʼizistonda 22 foiz va Qozogʼistonda 21 foizni tashkil etgan.
Bandlik va mehnat unumdorligining bir paytda oʼsishi mukammal uygʼunlikdir
Oʼzbekistonning qurilish, kimyo va neftь-kimyo sanoati, ulgurji va chakana savdo, umumiy ovqatlanish, transport, aloqa va boshqa koʼplab tarmoqlarida bir paytning oʼzida bandlik va mehnat unumdorligi oʼsishi kuzatildi. Biroq energetika, yoqilgʼi va metallurgiya sanoatida yangi ish oʼrinlari tashkil etilgan boʼlsa-da, mehnat unumdorligi pasaydi. Qishloq xoʼjaligi, mashinasozlik, sanoat qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati kabi boshqa tarmoqlarda mehnat unumdorligi oshdi, ammo ish oʼrinlari qisqardi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling