Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Oʼzbekistonning 2022 yildagi iqtisodiy holati raqamlarda eʼlon qilindi


Download 39.25 Kb.
bet8/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Oʼzbekistonning 2022 yildagi iqtisodiy holati raqamlarda eʼlon qilindi
2022 yilning yanvarь-dekabrь oylarida Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda maʼlum qilindi.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʼra, yalpi ichki mahsulot hajmining oʼsish surʼati 105,7 foizni tashkil etgan.
Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 105,2 foizga, qurilish ishlari hajmining oʼsish surʼati – 106,6 foizga teng boʼldi.
Shuningdek:
chakana savdo tovar aylanmasi oʼsish surʼati – 112,3 foiz;
bozor xizmatlari hajmining oʼsish surʼati – 115,9 foiz;
qishloq, oʼrmon va baliqchilik xoʼjaligining oʼsish surʼati – 103,6 foiz;
tashqi savdo aylanmasi oʼsish surʼati – 118,6 foiz;
eksportning oʼsish surʼati – 115,9 foiz;
importning oʼsish surʼati – 120,4 foiz;
faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 592 371 ta;
transportda yuk tashishning oʼsish surʼati – 100,5 foiz;
transportda yoʼlovchi tashishning oʼsish surʼati – 105,6 foiz;
aholining real umumiy daromadlari oʼsish surʼati – 109,7 foiz.
Jahon banki global iqtisodiy oʼsish prognozini keskin pasaytirdi
Jahon banki tomonidan 2023 yilda kutilayotgan 1,7 foizlik global iqtisodiy oʼsish soʼnggi 30 yildagi eng zaif koʼrsatkichlardan biri hisoblanadi.

Jahon banki 10 yanvarь, seshanba kuni global iqtisodiy oʼsish prognozlarini 3,0 foizdan (2022 yil iyunь oyidagi prognoz) 1,7 foizga tushirdi. Bu 2009 va 2020 yillardagi inqiroz yillaridan tashqari soʼnggi 30 yildagi eng past koʼrsatkichdir.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi urush va milliy markaziy banklar tomonidan foiz stavkalarining oshishi tufayli koʼplab mamlakatlar tanazzul yoqasida turibdi. Shu tariqa, sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining oʼsish surʼatlari sezilarli darajada pasayadi, deb hisoblaydi tashkilot ekspertlari. Xususan, АQSh, shuningdek, yevrohudud davlatlari uchun oʼsish surʼatlari bor-yoʼgʼi 0,5 foizni tashkil etadi, deydi Jahon banki tahlilchilari.
Shu bilan birga, prognoz geosiyosiy keskinlikning navbatdagi bosqichi yoki koronavirus pandemiyasining yangi avj olishi kabi kutilmagan zarbalar natijasida boshlanishi mumkin boʼlgan global retsessiyadan qoʼrqishni bildiradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar investitsiyalarning chiqib ketishi muammosiga duch kelishi mumkin, bu prognozda aytiladi. Hozirning oʼzida bu davlatlar katta miqdordagi davlat qarzi va zaif milliy valyutadan aziyat chekmoqda.
Jahon banki maʼlumotlariga koʼra, Xitoy iqtisodiyoti 2023 yilda 4,3 foizga oʼsadi. Bu 2022 yil iyunь oyidagi prognozda kutilganidan 0,9 foizga kam. Koronavirusga qarshi kurashda qoʼyilgan qatʼiy cheklovlar, shuningdek, koʼchmas mulk bozoridagi vaziyat va talabning pasayishi tufayli Xitoy yalpi ichki mahsuloti 2022 yilda atigi 2,7 foizga oʼsdi, bu 1970-yillarning oʼrtalaridan beri eng zaif koʼrsatkichlardan biri boʼldi.
Rossiya iqtisodiyoti, Jahon banki prognozlariga koʼra, 2023 yilda 3,5 foizga pasayganidan soʼng, 2023 yilda 3,3 foizga qisqaradi. 2022 yil iyunь oyida Rossiya yalpi ichki mahsuloti 2023 yilda 2 foizga qisqarishi kutilgan edi.
Oʼzbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda eʼlon qilindi
2022 yilning yanvarь-noyabrь oylarida Oʼzbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda eʼlon qilindi.
Davlat statistika qoʼmitasi maʼlumotlariga koʼra, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 105,4 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, koʼrsatilgan davrda qurilish ishlari hajmining oʼsish surʼati – 105,7 foiz, chakana savdo tovar aylanmasi oʼsish surʼati – 111,9 foizga teng boʼldi.
Shuningdek, bozor xizmatlari hajmining oʼsish surʼati – 116 foiz, tashqi savdo aylanmasi oʼsish surʼati – 118 foiz, eksportning oʼsish surʼati – 112 foiz, importning oʼsish surʼati – 122,1 foizni tashkil qildi.
Oʼz navbatida, faoliyat koʼrsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 588 823 ta, faoliyat koʼrsatayotgan kichik tadbirkorlik subʼektlari soni – 520 199 ta

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling