Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Download 39.25 Kb.
bet2/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Kurs ishining metodlari. Psixologik va pedagogik, xorijiy va milliy maqolalar, ilmiy adabiyotlar izlash, kuzatuv, ilg`or tajribalarni o`rganish, eksperiment tajriba, tajribani umumlashtirish, nazariy tadqiqotlar, matematik tatqiqotlar, suhbat, qiyosiy tahlil qilish usuli, taqqoslash, xulosalarni shakllantirish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism 5 ta reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati va ilovalardan iborat.
ASOSIY QISM.
1. Iqtisodiy o‘tish davrining asosiy xususiyatlari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilarini ilmiy tahlil qilishning xususiyatlari.
O’tish davri iqtisodiyotining asosiy belgilari, boshqa barqaror bosqichdagi u yoki bu iqtisodiyotning holatidan farqli o’laroq, mazkur davrdagi o’zgarishlarning tavsifi bilan shartlanadi. Sen-Simonning ta’kidlashicha, bunday o’zgarishlar har bir barqaror tizim yoki tarkibiy davr (bosqich) uchun amal qiladigan o’zgarishlar hisoblansa, o’tish davri uchun esa bu ustun ravishda rivojlanish o’zgarishlari demakdir.
Mazkur belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1. Birinchi belgi - o’ziga xos beqarorlikning mavjudligi. Ma’lumki, har qanday tizimning amal qilish jarayonida doimiy ravishda turli o’zgarishlar yuz berib turadi. Biroq bu o’zgarishlar mazkur iqtisodiyotga xos bo’lgan maqsadli faoliyatni amalga oshirishning erkin vositasi sifatida maydonga chiqadi. Ushbu mexanizmning yaqqol misoli bo’lib kapitalistik bozor iqtisodiyotining stiklli rivojlanish manzarasi xizmat qilishi mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi o’zining dastlabki qadamlaridayoq bu holatni, ya’ni tizimning barqarorligini o’zgarishlar predmeti tarkibiga kiritadi. O’tish davri iqtisodiyoti uchun boshqa tartibdagi o’zgarishlar xos bo’lib, bu o’zgarishlar tizimdagi boshqa o’zgarishlar orqali muvozanatli barqaror holatga qaytish uchun tizimning barqarorligini vaqtincha buzishga o’xshamaydi.
O’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishidagi o’zgarishlar qayta tiklanmaydigan xususiyatga ega. Ular mavjud tizimdagi beqarorlikni kuchaytirish orqali pirovardida uning yangi iqtisodiy tizimga o’tishiga yo’naltirilgan.
2. Ikkinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyoti rivojlanishining muqobillik xususiyatga egaligidir. Muqobillik shuni anglatadiki, o’tish davri iqtisodiyotining rivojlanish yakunlari turli variantlarda namoyon bo’lishi mumkin. Bu holat o’tish davri iqtisodiyotining o’zgarishlari ichiga eski va yangi holatlarni unsurlarini aralash holatda qamrab oluvchi tabiatidan, shuningdek bu davrdagi rivojlanish jarayoniga ta’sir qiluvchi omillarning turli-tumanligidan kelib chiqadi.
3. Uchinchi belgisi - maxsus oraliq iqtisodiy shakllarning paydo bo’lishi va amal qilishi. Bunda bu davrdagi eski va yangi jihatlarning aralashuvi namoyon bo’ladi. Mazkur omillar shuningdek bu davrning oldinga yo’naltirilganligini ko’rsatadi hamda uning ortga qaytmasligini ifodalaydi.
4. To’rtinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotdagi ziddiyatlarning maxsus tavsifi. Bu ziddiyatlar tizimning amal qilish holatiga emas, balki rivojlanish holatiga xosdir. Ya’ni bu ziddiyatlar jamiyatning turli sub’ektlari, tabaqalari orasida yangilik bilan eskilik o’rtasidagi ziddiyat ko’rinishida namoyon bo’ladi. O’tish davri yo’naltirilgan o’zgarishlar iqtisodiy jihatdan doimo inqilobiy xususiyatga ega. Bu erda gap iqtisodiy tizimlarning almashuvi to’g’risida boradi. Biroq, ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan o’tish davri shunday keskin to’qnashuvlar bilan boradiki, natijada ziddiyatlar inqilobiy va ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ladi.
Davrning o’tkinchi ekanligi ijtimoiy ziddiyatlarning keskinlashuvi orqali muqarrar bo’lib, bu holat iqtisodiy adabiyotlarda turlicha ifodalanadi. Masalan, fiziokrat Mirabo uchun o’zgarishlar davridagi ziddiyatlardan chiqishning ijobiy yo’li uning uchun ideal hisoblangan o’tmishdagi feodal tartiblarga qaytishdan iborat bo’lgan. S.Sismondi vujudga kelayotgan kapitalizmning illatlarini tanqid qilgan holda mayda tovar ishlab chiqarishga qaytishga chaqirgan.
5. Beshinchi belgisi - o’tish davri iqtisodiyotining tarixiyligi. Bu tarixiylik ikki holat bilan bog’liq: birinchidan, o’tish davri iqtisodiyoti shart-sharoitlarining tarixiy tavsifi; ikkinchidan, mazkur tarixiylikning alohida mamlakat mintaqasi xususiyatlariga bog’liqligi. Masalan, o’tish jarayonlari sharq va g’arb stivilizastiyasi sharoitlarida bir holda kechmay, har bir mamlakat taraqqiyotining muayyan darajasiga bog’liq bo’ladi.
Bularning barchasi esa o’tish davri iqtisodiyoti uchun ma’lum bo’lgan umumiy qonuniyatlarning ham turli sharoitlarda namoyon bo’lishida muayyan shakllarga egaligini anglatadi. Xattoki o’tish davri iqtisodiyotining maxsus tahlili ham har qanday holatlarda qo’llash mumkin bo’lgan aniq modellarni keltirib chiqara olmaydi.
Mahalliy o’tish iqtisodiyoti miqyosi bo’yicha qandaydir bir mintaqa yoki alohida mamlakatdagi yangi holatga o’tishni tavsiflaydi. O’tish davri iqtisodiyotining miqyos bo’yicha ikkinchi turi – bu global o’tish davridir. U o’zgarishlarning butun jahon xo’jaligi miqyosida yoki stivilizastiyalar doirasida yagona jarayon sifatidagi tavsifini namoyon etadi. Global o’tish jarayonlarning rivojlanishiga mahalliy darajadagi o’zgarishlar muayyan ta’sir ko’rsatib, buning natijasida ma’lum global tendenstiyalar qaror topadi.
Global jarayonlar mustaqil omillarning ta’siri ostida ham rivojlanadi. Jumladan, ijtimoiy mehnat taqsimotining chuqurlashuvi ishlab chiqarishning baynalminallashuviga olib keladi. Global o’tish jarayonlari insoniyatning butun tarixi uchun xosdir. Masalan, insoniyat eramizdan avvalgi birinchi ming yillikda yagona stivilizastiyadan ikkita sharq va g’arb stivilizastiyasiga ajraldi.
Hozirgi vaqtda esa yana kelajakda yagona jahon stivilizastiyasining vujudga kelish tendenstiyasi kuzatilmokda. Biz tomondan tanlangan mezon doirasida bozor iqtisodiyotiga o’tish, undan esa istiqboldagi iqtisodiyotga o’tish ham shunday tavsifga ega.
Mazkur istiqbol tendenstiyasi bugun turli mamlakatlarda mahalliy o’zgarishlarda turli darajada namoyon bo’lmoqda. Biroq shuni ta’kidlash muhimki bu tendenstiyalar hozirgi vaqtda ma’lum darajada mahalliy darajaga qadar belgilovchi rol o’ynamoqda, chunki ular mazkur darajalardagi global istiqbollarni tavsiflaydilar. Buning oqibatida iqtisodiyot tendenstiyasini nisbatan, to’la hisobga olish u yoki bu mamlakatdagi o’tish jarayonlarini tezlashtirmoqda.
O’tish jarayonlari tavsifiga ko’ra o’tish davri iqtisodiyotining ikki turi farqlanadi. Birinchi turi yuqorida ko’rib chiqilgan omillar ta’siri ostida rivojlanuvchi jarayonlarni tavsiflaydi. U tarixiy evolyustiyaning tabiiy tarzda borishini ifoda etib shartli ravishda tabiiy evolyustion tur deb atalishi mumkin. Bunday turga misol qilib Fransiyadagi 1789 yil revolyustiya davridagi o’tish jarayonlarini keltirish mumkin.
O’tish davri iqtisodiyotining tabiiy evolyustion turi global o’tish jarayonlari uchun ayniqsa xarakterli bo’lib, biroq yuqorida ta’kidlanganidek mahalliy o’tish iqtisodiyotlari ham evolyustiyaning ob’ektiv jarayonlari davomida etarli darajadagi natijalarga ega bo’lishi mumkin. Shuning uchun evolyustiyaning bu turi asosiy hisoblanadi.
Tarixiy evolyustiyaning borishi davomida ijtimoiy taraqqiyot doirasida bosqichdan-bosqichga o’tish asosida aynan tabiiy evolyustion tur yotadi. U shuning uchun ham asosiy hisoblanadiki, o’tish davri iqtisodiyoti boshqa turining asosini tashkil etadi.
O’tish iqtisodiyotini boshqa turining mohiyati uning jarayonlarini jamiyatni isloh qilish bo’yicha ongli ravishda ishlab chiqarish dasturlari asosida ma’lum yo’nalishlarda tartibga solish boshqarishda namoyon bo’ladi. Shuning uchun bu turni shartli ravishda islohotga asoslangan evolyustion tur deb ataladi. Bunga misol tariqasida ijtimoiy yo’naltirilgan ochiq tashqi siyosatga ega barqaror bozor iqtisodiyotiga ega fuqarolik jamiyatining huquqiy davlatini qurish o’zbek modelini keltirish mumkin.
Albatta o’tish davri iqtisodiyotining bu turida ham taraqqiyotning ob’ektiv omillari hatti-harakatini chetlab evolyustiyaning jarayonlari qonunlarini inkor etib bo’lmaydi. Biroq evolyustiyani o’tish jarayonlariga tegishili ta’sir ko’rsatish orqali jadallashtirish mumkin. Bunday ta’sir ko’rsatishlar ham islohotlarning u yoki bu dasturlari orqali amalga oshiriladi. O’tish jarayonlarini jadallashtirishning muvaffaqiyati agar islohotlar o’zboshimchalik bilan emas, balki evolyustiyaning qonuniyatlarini anglagan, harakatlar tizimini kerakli yo’nalishlar asosida tarkib toptirgan holda ta’minlanadi.
Tabiiyki, o’tish davri iqtisodiyotining mazkur turi ijtimoiy taraqqiyotning nisbatan yuqori bosqichlarida paydo bo’lib, bu bosqichda ijtimoiy-madaniy omil kuchli ahamiyat kasb etadi. Aynan mana shu ijtimoiy omillar harakati bilan u yoki bu dasturlarning tuzilishi bog’liq bo’ladi.
Shuningdek o’tish davri iqtisodiyotining mazkur turi bugungi kunda u yoki bu mamlakatdagi mahalliy jarayonlar uchun xarakterlidir. Bunday ko’rinishdagi yangi iqtisodiyotni va yangi sostialistik jamiyatni qurishning xarakterli misoli sifatida 1917 yildan keyingi Rossiyani ko’rsatish mumkin. Shunga, o’xshash dasturlar orkali shunday yo’lni Evropa va Osiyoning bir qator mamlakatlari ham bosib o’tishga urinib ko’rdilar.
Keyingi yillarda zamonaviy tipdagi bozor iqtisodiyotiga o’tishning maxsus dasturlarini bir qator Yangi industrial mamlakatlar amalga oshirdilar. Ma’lum ma’noda urushdan keyingi Germaniyada L.Erxard dasturining qo’llanishi tajribasini ham isloh qilish evolyustion o’tish iqtisodiyotiga kiritish mumkin.
O`tish davri tavsifi va uning milliy xususiyatlari. Ma'muriy markazlashgan iqtisodiyotning tarixiy oqibatlari, bozor munosabatlariga o`tish zaruriyatini anglashni va tub islohotlar boshlashni talab etdi. Natijada iqtisodiy munosabatlar tizimining bir shaklidan voz kechildi va ikkinchi shakliga yuz tutildi. Respublikadagi mavjud vaziyat iqtisodiy islohotlarni o`tkazishga tubdan yangicha yondashuvni sifat jihatidan yangi vazifalar va sharoitlarni hamda tajribalarni hisobga olishni eng muhim mamlakatlar salohiyatiga ko`proq tayanishni taqozo etdi.
Bunday mas'uliyatli vazifani hal etish akademik Islom Karimov tadqiqotlarida nazariy-ilmiy yechimini topdi. Chunonchi, aslini olganda, gap bozor munosabatlariga o`tishda o`xshashi bo`lmagan betakror andozamizni ishlab chiqish, o`z yo`limizni tanlab olish haqida bormoqda. Bu yo`l - uch tarkibiy qismdan iborat:
·ijtimoiy jihatdan yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti milliy andozasi mohiyatining tavsifi;
·qat'iy markazlashtirilgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimidan xo`jalik yuritishning bozor munosabatlariga o`tishning eng muhim prinsiplari;
·iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning, tanglikdan chiqib olishning barqarorlikni va muhim ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlashning aniq yo`nalishlari.
Keltirilgan tarkibiy qismlar to`g`risida respublikamiz ziyolilari, xususan iqtisodchi olimlar chuqur tadqiqotlarni davom ettirib, bir qator asarlarini chop etishdi. O`tish davri iqtisodiyotining ko`pchilik mamlakatlarga xos bo`lgan umumiy qoidalari va holatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
·mavjud iqtisodiy tizimda yangi tizimga o`tishdagi beqarorlik, nomutanosiblik va muvozanatsizliklar;
·jamiyat iqtisodiy rivojlanish yo`llarining turli-tuman xarakterdaligi;
·mulkchilik, boshqaruv, tovar-pul munosabatlari kabi sohalarda tub islohotlarning zarurligi;
·umumiy o`tish qonuniyatlari mavjudligidan qat'iy nazar, har bir mamlakat shart-sharoitlarini hisobga olish zarurligi;
·eski turmush tarzi mezonlari va yangi iqtisodiy qadriyatlarning nomuvofiqligi, ba'zi hollarda esa, qarama-qarshi ziddiyatli tusga ega bo`lishi;
·jamiyat a'zolari bir qismining eski mafkura iskanjasidan qutilishning qiyinchilik bilan ketishi, yangi iqtisodiy munosabatlarga ehtiyotkorlik bilan yondoshishiga qaramay, tashabbuskor, izlanuvchan, tadbirkor va taraqqiyparvar kishilarning tobora ortib borishi kabilar.
Tarix tajribasiga ko`ra, madaniylashgan bozor munosabatlariga o`tish davrining dovomiyligi bozor iqtisodiga o`tishning qanday yo`li, andozasi tanlanishi kabi boshqa shart-sharoitlarga bog`liq bo`ladi.
XX asr nihoyasiga kelib, shakllangan iqtisodiy taffakur va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to`g`risidagi qarashlarda erkin itisodiy tartibga solish1 g`oyasi ham, markazlashtirilgan tarzda rejalashtirish g`oyasi ham inqirozga uchraganligii bayon etilmoqda. Chunki, I.Karimov ta'kidlaganidek: Jahon sivilizatsiyasi ijtimoiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo`llarini ishlab chiqdi, tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti mana shu yo`lga asos qilib olingan.
O`tish davri ko`hna Yevropa mamlakatlarida bir necha yuz yilni tashkil etgan bo`lsa, mustamlakachilikdan ozod bo`lgan Osiyo va boshqa qit'a mamlakatlarida bir necha o`n yildan iborat bo`ldi. Masalan, Buyuk Britaniya-200 yil, Fransiya -150 yil, Germaniya va AQSH-50-100 yil.
Boshlang`ich shart-sharoitlarga ko`ra, yondoshilgan guruhlash mezoniga asosan tartiblashga solinadigan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun 3 ta yondashuv va yana bir turdagi urinish mavjudligi I.Karimov tomonidan tahlil etilgan. Bular:
1. Uzoq davom etgan evolyusion taraqqiyotni bosgan rivojlangan mamlakatlardagi aralash iqtisodiyot;
2. An'anaviy (oddiy va bozor, patriarxal feodal munosabatlariga ega) iqtisodiyot asosida shakllanayotgan madaniylashgan bozor munosabatlari;
3. Rejalashtirilgan buyruqbozlik iqtisodiyoti negizida shakllanayotgan bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat;
4. Sotsializm g`oyalarini samarali bozor iqtisodi vujudga keltirish bilan qo`shib olib borishga urinayotgan sotsialistik iqtisodiyotning Xitoycha yo`li.
Yuqoridagi yondoshuvlar asosidagi tahlillar ko`rsatishicha, bozor munosabatlarining rivojlanishi birorta ham mamlakatda benuqson va tekis kechmagan.
Oʼzbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan koʼra kechroq boshlagan boʼlsa-da, oʼtish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda Oʼzbekiston iqtisodiyotiga bagʼishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda oʼtgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy oʼzgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha boʼlgan istiqbollar keng sharhlanadi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling