Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Аsosiy eʼtibor iqtisodiy oʼsish va ish oʼrinlari yaratishga qaratilishi kerak


Download 39.25 Kb.
bet4/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Аsosiy eʼtibor iqtisodiy oʼsish va ish oʼrinlari yaratishga qaratilishi kerak
Mehnat bozoridagi jiddiy muammolar
Oʼzbekiston iqtisodiyotida yiliga qariyb 280 mingga yaqin yangi ish oʼrni yaratiladi. Demografik sabablarga koʼra esa har yili deyarli 600 mingta ish oʼrni tashkil etilishi kerak. Shu bois, iqtisodiyotda har yili yaratilayotgan ish oʼrinlari mehnat bozoriga kirib kelayotgan yangi ishchilarni band qilish uchungina ikki baravar oshirilishi lozim. Аksariyat ish oʼrinlari yangi korxonalarni tashkil etish hamda mavjud korxonalarni yanada kengaytirish hisobiga yaratilishi zarur. Hisobot mualliflari Oʼzbekiston mehnat bozorida quyidagi tarkibiy va tizimli kamchiliklar borligini taʼkidlaydi:
mehnatga boʼlgan ragʼbatning sustligi;
xodimlar malakasining yetarli emasligi;
korxonalarda xodimlarni texnik koʼnikmalarga oʼqitish boʼyicha imkoniyatlarning yetishmasligi;
yoshlar oʼrtasida ishsizlik darajasi yuqoriligi;
iqtisodiy faol boʼlmagan aholi ulushining koʼpligi;
uzoq davom etayotgan ishsizlik;
ish kuchining cheklangan safarbarligi.
Iqtisodiy oʼsish – yangi ish oʼrinlarini yaratish uchun asosiy omil
Yaxshi naf beradigan ish oʼrinlari yaratilishi iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasini oshirishning muhim shartidir. Mehnat unumdorligi va bandlikning ortishi aholi jon boshiga YaIM singari muhim koʼrsatkichning oʼsishiga xizmat qiluvchi ikkita asosiy omildir. Аholi jon boshiga daromadlari eng yuqori boʼlgan mamlakatlarda soʼnggi ikki asr davomida mehnat unumdorligi keskin oʼsib borayotganini koʼrish mumkin. Mehnat unumdorligining bunday oʼsishi “samaraliroq” yoki yuqori maoshli ish oʼrinlari yaratilishiga olib keldi. Аholi jon boshiga hisoblangan YaIM aslida butun aholi mehnati samaradorligi (unumdorligi) koʼrsatkichidir. Yuqori va past daromad darajasiga ega mamlakatlarda aholi jon boshiga YaIMdagi farqlar mamlakatlar oʼrtasidagi mehnat unumdorligi darajalaridagi farqlarni ifodalaydi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling