Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Oʼzbekistonning "Yashil iqtisodiyot"ga oʼtishi muhokama qilindi


Download 39.25 Kb.
bet9/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Oʼzbekistonning "Yashil iqtisodiyot"ga oʼtishi muhokama qilindi
Forumning asosiy maqsadi - hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib yashil tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun saʼy-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va "yashil" iqtisodiyotga oʼtishda koʼmak koʼrsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlayn platforma boʼldi. Poytaxtimizda Oʼzbekistonning "Yashil iqtisodiyot"ga oʼtishining strategik va ustuvor yoʼnalishlari boʼyicha xalqaro forum boʼlib oʼtdi.
Toshkentda "Yangi imkoniyatlar sari: COVID-19 koronavirus pandemiyasidan keyingi Oʼzbekistonning yashil tiklanishi" mavzusida xalqaro onlayn-forum oʼtkazildi. Forumning asosiy maqsadi - hukumat, biznes va jamoatchilik qanday qilib yashil tiklanishga asoslangan yangi siyosatni amalga oshirish uchun saʼy-harakatlarini birlashtira olishlarini muhokama qiladigan va "yashil" iqtisodiyotga oʼtishda koʼmak koʼrsatish uchun amaliy qadamlarni belgilaydigan onlayn platforma boʼldi.
Ushbu Forum Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot Dasturi (BMTTD) va Oʼzbekiston Respublikasi Hukumati, xususan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometerologik xizmat koʼrsatish markazi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʼmitasi, Yevropa Ittifoqi (EI) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (BMTEIK) tomonidan oʼtkazildi.
Xalqaro forum uch maqsadni koʼzladi:
"Yashil" tiklanish va barcha manfaatdor tomonlarni birlashtirish maqsadida Oʼzbekiston uchun yanada yaxshi rivojlanishi nimani anglatishini oʼrganish.
Energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari, energiya samaradorligi, iqlim oʼzgarishi oqibatlarini yumshatish va boshqa tegishli yoʼnalishlardagi siyosatni, shu jumladan, Oʼzbekistonda "yashil" iqtisodiyotga oʼtish, "yashil" tiklanish jarayonida boʼlajak ehtimolli inqirozlarga ilgʼor va barqaror jamiyat va iqtisodiyotni yaratishga koʼmak berish, bir vaqtni oʼzida tabiiy resurslar va atrof-muhitga bosimni pasaytirish siyosatini muhokama qilish uchun maydonni taqdim yetish.
Nihoyat, COVID-19 davrida va keng tarqalishi holatida Oʼzbekiston hukumatini "yashil" iqtisodiyotini tiklashida qoʼllab-quvvatlash maqsadida muhokama qilish va kelgusida ishlab chiqish uchun tavsiyalar toʼplami va amaliy harakatlarni shakllantirish.
Oʼzbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish boʼyicha ishlar 2019 yilning oktyabrь oyida "2019 — 2030 yillar davrida Oʼzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʼtish strategiyasi" qabul qilingandan soʼng, COVID-19 pandemiyasi arafasida boshlab yuborilgan edi. Ushbu strategiya energiya samaradorligini oshirish, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan foydalanishni kengaytirish, resurslardan foydalanish unumdorligi va qishloq xoʼjaligi ekinlari hosildorligini oshirish, hamda yerlar degradatsiyasini qisqartirish hisobiga issiqxona gazlarini havoga tashlanishini qisqartirishni nazarda tutadi.
Barcha resurslar COVID-19 pandemiyasining ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashishga qaratilgani sababli milliy strategiya implementatsiyasi 2020 yilda sekinlashishiga qaramasdan sogʼliqni saqlash tizimining global inqirozi jamoatchilik salomatligi, iqlim va tabiat oʼrtasidagi aloqani kuchaytirdi. Yuzaga kelgan vaziyatlar yashil iqtisodiyotga juda kuchli turtki berishi mumkin (masalan, iqlim oʼzgarishiga javoban yashil va sirkulyar iqtisodiyotga global oʼtish vaqtida boʼlganidek).
Onlayn forum ekspertlarning toʼrtta sessiyasi va tadbirni ochilish hamda yopilishdagi hukumat, BMTTD, BMT YeIK va YeI yuqori lavozimli vakillarining bayonotlaridan iborat boʼldi. Forumning interfaol onlayn sessiyalari Oʼzbekistonni yanada koʼproq ekologik va pastuglerodli yoʼlda "yangi imkoniyatlar sari" rivojlanish yoʼnalishlarini keng muhokama qilishga koʼmak berdi. Hamda issiqxona gazlarini havoga tashlanishini oshishidan iqtisodiyotni yiroqlashtirish va yaqin kelajakda iqlimiy va noiqlimiy larzalarga bardoshligini kuchaytirish imkonini beradigan ustuvor harakatlar va "yashil" moliyalashtirish vositalarini belgilab olish imkonini beradi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling