Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Biznes yuritish shartlarini soddalashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish xususiy sektorni rivojlantirishga yordam beradi


Download 39.25 Kb.
bet7/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Biznes yuritish shartlarini soddalashtirish va bozor munosabatlarini rivojlantirish xususiy sektorni rivojlantirishga yordam beradi
Bozorga kirish va undan chiqish yoʼlidagi toʼsiqlarning bartaraf etilishi, biznes yuritish qoidalarining soddalashtirilishi, davlatning narx belgilashni bosqichma-bosqich bekor qilishi, xususiy mulkka egalik huquqining mustahkamlanishi hamda davlat korxonalari sektoridagi ish samarasizligini yengib oʼtish bundan keyin ham umumiy samaradorlikni (unumdorlikni) oshirishga xizmat qiladi. Аgar korxonalar moliyaviy bozorlarga, xomashyo va boshqa manbalarga kirish imkoniyatiga ega boʼlsa, raqobatning kuchayishi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etishni ragʼbatlantirishi mumkin. Oʼzbekistonda biznesni roʼyxatdan oʼtkazish nisbatan murakkab emas. (2019 yilda “Biznes yuritish” – “Doing Business” hisobotida Oʼzbekiston biznes ochishning osonligi boʼyicha dunyoda 12 oʼrinni egalladi). Biroq norasmiy cheklovlar, davlat idoralarining samarasiz faoliyati, shaffof boʼlmagan qonun-qoidalar va mulkka egalik qilish boʼyicha huquqning tegishli darajada himoya qilinmasligi katta toʼsiqlardan boʼlib qolmoqda. Bunday cheklovlar Oʼzbekistonning toʼgʼridan-toʼgʼri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini roʼyobga chiqarishga va texnologiyalarni rivojlantirishga toʼsqinlik qilmoqda.
Islohotlar iqtisodiy oʼsish va yangi ish oʼrinlari yaratish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega
2017 yildan buyon Oʼzbekiston hukumati iqtisodiyotini liberallashtirish boʼyicha olib borayotgan islohotlar biznes yuritish yoʼlidagi xorijiy valyuta konvertatsiyasi yetishmasligi, yuqori import bojlari va soliq stavkalari kabi cheklovlarni bartaraf etmoqda. Bank ekspertlari Oʼzbekiston hukumatiga davlatning iqtisodiyotdagi rolini maqbullashtirishni davom ettirishni va xususiy sektorni rivojlantirish maqsadida qolgan toʼsiqlarni bartaraf etishni tavsiya etmoqda. Ushbu cheklovlarni bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
investitsiya muhitini yaxshilash;
soliq maʼmuriyatchiligidagi islohotlarni toʼliq amalga oshirish;
davlat byudjeti operatsiyalarining, ayniqsa, davlat korxonalariga beriladigan samarasiz yashirin subsidiyalarga nisbatan shaffofligini taʼminlash;
yerdan foydalanish boʼyicha huquq hamda sanoat, xizmat koʼrsatish va qishloq xoʼjaligida mulkka egalik qilish huquqini isloh qilish;
davlat monopolistik korxonalarini tarkibiy jihatdan (tizimli) qayta qurish, korporativ boshqaruv va moliyaviy hisobotga qoʼyiladigan talablarni kuchaytirish;
davlatning eksportga yoʼnaltirilganlikni qoʼllab-quvvatlashi (jumladan, ISO standarti boʼyicha sertifikatlash, ekspert xatarlarini kamaytirish, diversifikatsiyalash, Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʼlish).
Oʼrta muddatli istiqbolda infratuzilmani (xususan, energetika, transport va logistika) modernizatsiya qilish hamda oliy taʼlim sifatini yaxshilash mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlashga yordam beradi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling