Iqtisodiyot fakulteti “Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment” kafedrasi


Download 39.25 Kb.
bet3/13
Sana04.02.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1166471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Gaybullayev kurs ishi

Iqtisodiy istiqbollar va xavflar
Ijobiy iqtisodiy istiqbollar
Oʼzbekiston iqtisodiyotining oʼsish surʼatlari sekin, ammo ijobiy boʼlib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (toʼsiqlarni) bartaraf etish va yuqori oʼsish potentsialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, toʼqimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qoʼllab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflyatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga koʼra, tashqi savdo balansining salbiy salьdosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, Oʼzbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun koʼplab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.
Kreditlarning haddan tashqari oʼsishi barqarorlikka tahdid solishi mumkin
Jahon banki jamoasi fikriga koʼra, kreditlarning davomli va haddan tashqari oʼsishi inflyatsiya bosimini kuchaytiradi va bu makroiqtisodiy barqarorlik uchun asosiy xavflardan biridir. Ekspertlarga koʼra, Oʼzbekiston hukumati moliyaviy intizomni saqlash uchun maqsadli kreditlar hajmini kamaytiradi. Bundan tashqari, barqaror iqtisodiy oʼsish va pul oʼtkazmalari oqimi mamlakatda asta-sekin qashshoqlikni qisqartirishga yordam berishi ham kutilyapti. Davlatning ijtimoiy siyosatdagi oʼzgarishlari kam daromadli oilalarni qoʼllab-quvvatlash dasturlarini yanada kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirishi mumkin. 2019 yilda Oʼzbekiston hukumati ijtimoiy himoya xarajatlarini 50 foiz oshirdi.
Makroiqtisodiy xavflar
Bank ekspertlari fikricha, ayrim tovarlar narxining jahon bozorida koʼtarilishi va olib borilayotgan islohotlar tufayli Oʼzbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiyalar koʼpayishi uchun qulay istiqbollar mavjud, biroq salbiy omillar xavfi ham saqlanib qolmoqda. Ular quyidagilarni oʼz ichiga oladi:
Oʼzbekistonning asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Xitoy va Qozogʼistonda iqtisodiy oʼsishning ancha zaifligi;
tarkibiy va tizimli islohotlarni amalga oshirishning kechikishi;
inflyatsiyaning oʼsishi.
Mamlakatning yetarli darajadagi valyuta zaxiralariga egaligi va davlat tashqi qarzining nisbatan kamligi sabab iqtisodiyotning tashqi barqarorlik xavfi oʼrtacha boʼladi. Islohotlarning keyingi bosqichi davlat korxonalari va moliya sektori, qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallanmagan yerlarni xususiylashtirish va qishloq xoʼjaligidagi islohotlar kabi ancha murakkab muammolarni hal qilishga qaratilgan. Ushbu islohotlar iqtisodiy oʼzgarishlar, iqtisodiy oʼsishni qoʼllab-quvvatlash va ish oʼrinlarini yaratish uchun muhim ahamiyat ega. Shu bilan birga, ular puxta nazorat qilinishi kerak boʼlgan muhim iqtisodiy va ijtimoiy xavflarni ham qamrab oladi.



Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling