Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek


Mavzu № 10 Bog‘lovchi materiallar kimyosi va sifati


Download 1.62 Mb.
bet36/79
Sana10.11.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1763808
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
kimyo oziq ovqat

Mavzu № 10 Bog‘lovchi materiallar kimyosi va sifati
Reja
1 .Bog‘lovchi moddalarning kimyoviy tarkibi.
2.Bog‘lovchi moddalarning sifat kursatkichlari.
3.Keramika maxsulotlari, ularning kimyoviy tarkibi.
4.Kompozitsion materiallar. Kompozitsion materiallarning tarkibi.
5.Kompozitsion polimer materiallar.
6.Qo‘shimchalar, to‘ldiruvchilar, plastifikatorlar, kompozitsiyalar.
7.Ularning xom ashyosi va fizik-kimyoviy tarkibi.
1. Boglovchi moddalar turlari va ularning xossalari.
Suv bilan korishtirilganda sekin – asta kotib, mustaxkam massa xosil kiluvchi kukun xolidagi moddalar mineral boglovchi moddalar deb ataladi.
Mineral boglovchi moddalar (sement, gips, oxak va boshkalar) xossalari jixatidan bitum va smolalardan iborat organik boglovchi moddalardan fark kiladi. Demak boglovchi moddalar xossalari jixatidan ikki guruxga, ya’ni mineral va organik boglovchi moddalarga bulinar ekan. Organik boglovchi moddalar gidrofob (suvni yoktirmaydigan, ya’ni suv bilan korishmaydigan) buladi, mineral boglovchi moddalar esa gidrofil (suvni yoktiradigan, ya’ni suv korisha oladigan) buladi. SHuning uchun organik boglovchi moddalarni ishlatishdan oldin kizdirish yoki biror organik erituvchida eritish yuli bilan yumshok xolatga keltirish kerak.
Mineral boglovchi moddalar, asosan, beton, kurilish korishmalari tayyorlash, shuningdek turli kurilish materiallari ishlab chikarish uchun ishlatiladi.
Mineral boglovchi moddalar kimyoviy va mineralogik tarkibiga kura kuyidagi asosiy guruxlarga bulinadi:
1) oxak, 2) sement, 3) oxak – shlakli, oxak – putsolanli,
4) gips, 5) magnezial, 6) suyuk shisha va kislotabardosh sement.
Mineral boglovchi moddalar ishlatilish soxasiga kura xavoda kotadigan, suvda kotadigan ( gidravlik ) va kislotabardosh buladi.
2. Gidravlik va boshka boglovchi moddalar.
Suv bilan korishtirilib, xavoda bir oz kotirilganda sung suv ostida xam kattikligi ortadigan moddalar gidravlik boglovchi moddalar deb ataladi. Bunday moddalar er yuzidagi va er ostidagi suvli joylarda gidromeliorativ va gidrotexnika inshoatlari kurishda ishlatiladi. Gidravlik boglovchi moddalarning eng muxim xassalari shundan iboratki, ular xosil kilgan birikmalar (silikatlar, alyuminatlar va ferritlar) suv bilan reaksiyaga kirishganda boglovchi modda zarrachalari orasida, shuningdek, yuzasi urinib turgan buyumlar (gisht, tosh, kum, shagal va boshkalar) orasida ularni mustaxkam birlashtiruvchi kuch vujudga keladi, buning natijasida tobora mustaxkamlanib boruvchi yaxlit buyum xosil buladi.
Gidravlik boglovchilarga gidravlik oxak, romansement, portlandsement, putsolan sement, shlakli sement, gil tuprokli (kum tuprokli) sement, kislotabardosh sement, kengayuvchi sementlar kiradi.
Gidravlik oxak. Tarkibida 6% dan ortik giltuprok bulgan SaSO 3 va MgCO 3 dan iborat tog jinslari kizdirilganda toza oxak SaO ga nisbatan suvga chidamlirok gidravlik oxak xosil buladi. Gidravlik oxak 20 – 30 % SaO va MgO aralashmasi xamda 70 – 80 % kalsiy silikat, alyuminat va ferrit aralashmasidan iborat.
Bunday oxak kotayotganda uning tarkibidagi minerallar gidratlanadi, natijada u xavodagina emas, balki suv ostida xam kotadi. Gidravlik oxakdan tayyorlangan betonlar past navli bulgani uchun xozirgi vaktda kam ishlatiladi.
Romansement. Romansement tarkibida kalsiy silikat va alyuminatlar (gil) kuprok bulgan magnezial mergellardan iborat tog jinslarini yoki oxakni 300 – 1000 0S atrofida pishirib, sungra maydalab tuyish yuli bilan tayyorlanadi. Pishirishda moddalar suyuklanib, bir – biriga yopishib kolmasligi zarur. Xom ashyoni pishirish natijasida tarkibida erkin oxak bulmagan gidravlik maxsulotlar: kalsiy silikat 2SaO•SiO 2, alyuminat SaO•Al2O 3 va ferrit SaO• Fe2O 3 xosil buladi.
Romansementning kotishi, atrkibidagi shu minerallarning gidratlanishiga asosolangan. Romansementdan kurilmalar uchun beton tayyorlanadi xamda suvash ishlarida foylaniladi. Bu sement unchalik mustaxkam maxsulot xosil kilmasligi uchun temirbeton kurilmalarida ishlatilmaydi. Romansement, asosan, maxalliy kurilishlarda kullaniladi.
Portlandsement. Silikat sanoatining eng muxim maxsulotlaridan biri sement bulib, uning eng muxim turi portlandsementdir. Xozirgi vaktda portlandsement olish uchun ogirlik jixatidan 3 xissa oxaktosh va xissa gil kukunlarining xul yoki kuruk aralashmasi 14500S xaroratgacha kizdirilib kovushtiriladi. Buning uchun uzunligi 40 – 185 m va diametri 3,5 – 5 m li pulat silindrlardan yasalgan maxsus pechlardan foydalaniladi. Bu pechlar kiya urnatilgan bulib, uz uki atrofida aylana oladi. Pechning yukori tomonidan shlam solinadi, pastki tomonidan esa kumir changgi yoki tabiiy gaz alangasi yuboriladi (pech karshi okim prinsipida ishlaydi). Natijada sement klinkeri deb ataluvchi mayda donalar xolidagi massa xosil buladi, bu massa pechning pastki kismidan chikarib olinadi. Xosil bulgan klinkerga ozrok gips CaSO 4• 2H 2O kushib, maydalab portlandsement olinadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling