Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
-MAVZU . REZINA TOVARLARLARINING SIFATI
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Rezina va rezina buyumlari ishlab chidarish asoslari
8-MAVZU . REZINA TOVARLARLARINING SIFATI
Reja: 1.Rezina va rezina tovarlari. 2.Rezina tovarlari xossalari, tavsifi va ishlatilishi. 3.Rezina tovarlarini saqlash, joylash va tashish usullari. 4.Rezina tovarlariga qo‘yiladigan talablar. 1.Rezina va rezina buyumlari ishlab chidarish asoslari Rezina asosiy komponenta kauchuk bo’lmish aralash-mani vulkanizasiya qilish natijasida olinadigan murakkab sun`iy materialdir. Uning asosiy komponenta bo’lmish kauchuk — g’oyatda elastiq ya`ni kamroq nagruz-kalarda deformasiyalanish qobiliyatiga ega bo’lgan yuksak molekulyar birikmadir. Bunga sabab shuki, chizigiy tuzilishda bo’lgan kauchuk molekulalari egilgan va urab yigilgan x.olatda turib tashqi kuch ta`sirida kuch ta`sir yunalishi buylab chuziladi. Tashqi kuch olingach kauchuk makromolekulalari yana uzining dastlabki x.olatiga qaytadi. Tabiiy va sintetik kauchuklar bo’ladi. Tabiiy — sof kauchuk Braziliya geveya daraxti va ba`zi tropik o’simliklardan olinadigan sutdek shira bo’lib, izopren polimeridan iboratdir. Tabiiy kauchukning narxi baland, uni ishlab chiqarish esa cheklangan. Shuning uchun xam rezina olish uchun asosan neft` bilan chiquvchi gazlar va neftni qayta ishlash gazlaridan, shuningdek asetilen, etil spirti va boshqa xom ashyodan ishlanadigan sintetik kauchuk (SK)dan foydalaniladi. Sintetik kauchuklar polimerlash va polikondensasiya-lash usullari bilan, ularning ba`zilari esa qushma polimerlash usuli bilan olinadi. 1927 yili rus akademigi S. V. Lebedev birinchi bor sintetik kauchukni etil spirtidan olgan edi. Tabiiy kauchuk birmuncha yuksak mexaniq pishiklikka ega, lekin kimyoviy chidamliligi, sovuqka va issiqka chidashi jixatidan sintetik kauchukdan krlishadi. 2. Rezina-texnika ashyolarining xossalari, tavsifi va ishlatnlishi Uncha zich bulmasliq uzilish va edirilishga katta qarshiliq elektr izolyasion xossalarning yaxshi bulishi, kimyoviy chidamliliq sovuqqa, issiqqa va moyga chidamliliq gaz va suv singdirmaslik kabi bir qancha juda mux.im fizik-mexaniq va kimyoviy xossalar bilan qushilgan yuksak darajadagi elastiklik rezinaning noyob xossasi hisoblanadi va bular rezina xamda rezinadan ishlangan buyumlar xalq q xo’jaligining turli tarmoqla-rida keng ko’lamda kqullanishiga zamin bo’ladi. Ekspluatasiya jarayonida eskirishga moyillik asosiy xossalari va tashqi kurinishining yomonlashishi va issiqqa uncha chidamaslik rezinaning kamchiligidir. Rezinaning mexaniq xossalari avvalo pishikligi va kattikligi bilan ifodalanadi Odatda rezinaning qattikligi YuN kuch bilan 30 daqika mobaynida ta`sir etuvchi diametri 5 mm li deformasiyalanmaydigan zuldirning sinalayotgan namu-naga botish chuqurligi bilan aniqlanadi. Rezinaning kimyoviy chidamliligi moy, benzin, kerosin yoki boshqa muxitda 24 soat mobaynida turgazilgach massaning namuna dastlabki massasidan necha foiz uzgarganligi bilan aniqlanadi. Rezinaning issiqka chidamliligi me`yoriy va oshirilgan harorat sharoitlarida birday kuch ta`sirida namuna dastlabki uzunligining o’zgarishiga qarab belgilanadi. Rezinaning sovukqa chidamliligi manfiy haroratlarda elastiklikning pasayib ketishi xamda me`yordagi va pasaytirilgan harorat sharoitlarida birday kuch ta`sirida elastiklikning pasayishi bilan ta`riflanadi. Rezinaning eskirishi maxsus termokontey-nerda 70°S li harorat bilan 140 soat mobaynida kizdirganda asosiy xossalari va tashqi kurinishining o’zgarishiga qarab belgilanadi. Sanoat ishlab chiqarayotgan rezinalar bir kancha asosiy alomatlariga kura tasniflanadi. Ular qattiqligi jixatidan galvirak (bulutsimon va boshqalar), yumshoq, elastiq urtacha kattiq, kattiq, g’oyatda kattikq va kattiq (ebonitlar) rezinalarga bo’linadi. Vazifasiga kura rezina xam kauchuk singari umumiy va maxsus bir soxaga muljallangan bo’ladi. Umumiy ahamiyatdagi rezinalar shina, yuritki kayishlari, transporter lentalari, poyabzal, zichlashtiruvchi va amortizasion detallar, sanitariya va gigiena ashyolari xamda issiq suvda, ishkrrlar va kislotalarning suyukq eritmalarida, shuningdek — 20°S dan — 150°S gacha bo’lgan haroratda havoda ishlatilishi mumkin bo’lgan boshqa xil buyumlarni tayyorlashda ishlatiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling