Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Saxarozaning gidrolizi yoki inversiyasi
C12H22O11 + H2O = 2C6H12O6
disaxarid monosaxarid Maltoza, saxaroza va laktozaning tuzilishi va xossalarini batafsil ko‘rib chiqamiz, ular tabiatda keng tarqalgan va oziq- ovqat texnologiyasida muhim o‘rin tutadi. Maltoza (solod shakari). Maltoza molekulasi ikkita glyukoza qoldig‘idan iborat. Uning hosil bo‘lishida glyukoza molekulalaridan birining yarim atsetal gidroksili va ikkinchisining spirtli gidroksili (to‘rtinchi uglerod atomida joylashgan) qatnashadi, demak, maltoza qaytaruvchanlik xossaga ega bo‘lgan disaxarid hisoblanadi: Maltoza tabiatda juda keng tarqalgan, u o‘sgan donda va ayniqsa, solod va solod ekstraktlarida ko‘p miqdorda mavjud. Bu erdan uning nomi kelib chiqadi (maltum lotincha so‘z bo‘lib, solod degani). Kraxmalni qo‘shilgan kislotalar yoki amilolitik fermentlar yordamida chala gidrolizlash yo‘li bilan olinadi, oziq-ovqat sanoatida keng qo‘llaniladigan kraxmal patokasining asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi. Maltoza gidrolizlanganda ikki molekula glyukoza hosil bo‘ladi: S12N22O11 + N2O -----> 2S6N12O6 maltoza glyukoza Bu jarayon oziq- ovqat texnologiyasida, masalan, xamirni bijg‘itish paytida bijg‘itiladigan qandlar manbai sifatida rol o‘ynaydi. Saxaroza. (shakar qamish yoki qand lavlagi shakari) S12H22O11- odatdagi shakardir. U o‘simliklar dunyosida juda keng tarqalgan. Qand lavlagida-16-20% va shakar qamishda 14-26 % saxaroza bo‘ladi. U qayin, makkajo‘xori, zarang shirasida, ko‘pchilik meva va sabzavotlarda bo‘ladi. Saxaroza oq kristall modda, glyukozadan shirinroq, suvda yaxshi eriydi. Birinchi marta bundan ikki yarim ming yil muqaddam shakarqamishdan olina boshlangan . Sanoat usuli bilan qand lavlagidan shakar olish XIX asr boshlarida 1802 yildan boshlangan. SHakar olish uchun qand lavlagi mashinalarda mayda bo‘lakchalarga qirqiladi va issiq suv bilan ishlanadi. Suvda qand lavlagi tarkibida hamma shakar erib ketadi. Suvda erimasdan qolgan qoldiq – jom(lavlagi turpi) mollarga ovqat sifatida beriladi yoki undan etil spirti olinadi. SHakarning suvdagi eritmasi qora rangli bo‘lib, uning tarkibida shakardan tashqari turli qo‘shimchalar bor( oksalat va fosfat kislota, oqsillar, bo‘yoq moddalar va hakozalar). Bu qo‘shimchalardan tozalash uchun ohak Bilan ishlangan eritma filtrlanadi va vakuum-apparatlarda bu-latiladi. Eritmadan tushgan shakar kristallari sentrifuga(markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan uskuna)da ajratib olinadi. SHakar ajratib olinganidan so‘ng qolgan suyuqlik qora patoka yoki melassa deb ataladi. Uning tarkibida 50% gacha shakar bor. Undan YAna shakar yoki etil spirti olishda foydalaniladi. Melassadan shakar olish uchun Sr(ON)2 eritmasi Bilan qo‘shib qaynatiladi: bunda erimaydigan S12H22O11* SrO saxarat hosil bo‘ladi. Saxarat filtrlab ajratiladi, sungra suvli eritmada karbonat angidrid ta’sir ettirib parchalanadi. S 12H22O11* SrO +SO2 S12H22O11+2 SrSO3 Oq shakar tarkibida 99,9% gacha saxaroza bor. YAnada toza qand-rafinad olish uchun shakar suvda eritiladi. U suyak ko‘miri Bilan filtrlanadi va quyulguncha bu-latiladi. Bu quyuq eritma qoliplarga solinadi va qotgandan so‘ng toza sharbat Bilan yuviladi. So‘ngra past bosimda quritiladi. Saxarozaning gidrolizi yoki inversiyasi Saxaroza kislotali muhitda yoki fermentlar ta’sirida gidrolizlanib, ekvimolekulyar miqdorda D –glyukoza va D-fruktoza hosil qiladi. ferment S12H22O11+ H2O C6H12O6 + C6H12O6 Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling