Iqtisodiyotimizda so‘nggi yillarda Vazirlar Mahkamasining 13 fevral 2009-yildagi majlisida ta’kidlaganidek
Download 1.62 Mb.
|
kimyo oziq ovqat
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Sut kislotali bij g‘ ish.
- 3.Moy kislotali bij g‘ ish
- 4.Limon kislotali bij g‘ ish
- Polisaxaridlar (murakkab uglevodorodlar)
1.Spirtli bijg‘ish. Etil spirti shakarli moddalarni achitqilar ishtirokida bijg‘itish yo‘li bilan olinadi.
Bunda 1 mol sarflangan glyukozaga 118 kj (28.2 kkal) energiya ajralib chiqadi. Spirtli ichimliklardan pivo, vino va aroq ishlab chiqarishda spirtli bijg‘ishdan foydalaniladi. Qimiz tayyorlashda(qimizda 2,5% gacha etil spirti bo‘ladi) va non pishirish jarayonlarida ham spirtli bijg‘ish sodir bo‘ladi. Hosil bo‘lgan SO2 gazi xamirning ko‘tarilishini tezlatadi. 2.Sut kislotali bijg‘ish. Uglevodlarning sut kislotali bijg‘ishi turli sut kislotali mahsulotlar kefir,qatiq, suzma, pishloq tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir. Sut kislotali bijg‘ish, sabzavotlar (bodring,karam, pomidor va boshqalar)ni tuzlashda, achitilgan xashak tayyorlashda va xamir bijg‘ishida sodir bo‘ladigan jarayonlar. 3.Moy kislotali bijg‘ish. Uglevodlarning moy kislotali bijg‘ishi oziq–ovqat mahsulotlariga achchiq maza beradi. SHuning uchun mahsulotlarning sifati buziladi. C 6H12O6 S3N7SOON +2N2 +2SO2 glyukoza moy kislota 4.Limon kislotali bijg‘ish.Limon kislotali bijg‘ish mog‘or zamburug‘lari- sitromitsetlar ta’sirida sodir bo‘ladi. ON C 6H12O6 +3(O) NOOS-SN2-S-SN2-SOON+2N2O glyukoza SOON Limon kislota Eng muhim monosaxaridlarni ko‘rib chiqamiz. Geksozalar. Monozalar bu guruhning asosiy vakillari glyukoza va fruktoza hisoblanadi. Glyukoza (uzum qandi, dekstroza) tabiatda o‘simliklarning yashil qismida, uzum sharbatida, urug‘ va mevalarda, rezavorlarda, asalda keng tarqalgan. Muhimroq polisaxaridlar: saxaroza, kraxmal, kletchatka, ko‘pgina glikozidlarning tarkibiga kiradi. Kraxmal va kletchatkani gidrolizlab glyukoza olinadi. Achitqilar bilan bijg‘itiladi. Fruktoza (meva qandi, levuloza) o‘simliklarning yashil qismlarning, gullarning nektarida, urug‘larda, asalda erkin holda saqlanadi. Saxaroza tarkibiga kiradi, yuqori molekulyar polisaxarid insulinni hosil qiladi. Achitqilar tomonidan bijg‘itiladi. Saxarozadan insulin biotexnologiya usullari bilan boshqa monosaxaridlarni transformatsiyalab olinadi. Glyukoza va fruktoza ovqatlanish mahsulotlarining muhim komponentlari va bijg‘ishda dastlabki material bo‘lib, oziq-ovqat sanoatida katta o‘rin egallaydi. Pentozalar. Tabiatda L (+) - arabinoza, riboza, ksiloza, murakkab polisaxaridlar:pentozalarning,gemitsellyulozalarning,pektin moddalarning, hamda nuklein kislotalar va boshqa tabiiy polimerlarning asosan strukturaviy komponentlari sifatida keng tarqalgan. L (+) - arabinoza achitqilar bilan bijg‘itilmaydi. Lavlagi tarkibida uchraydi. Riboza - ribonuklein kislotalarning muhim strukturaviy komponentidir. D(+)- ksiloza - poxolda, poyalarda, yog‘ochda saqlanuvchi poisaxaridlar- ksilozaning strukturaviy komponentidir. Gidroliz paytida olingan ksiloza diabet bilan kasallangan bemorlar uchun shirinlashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. Polisaxaridlar (murakkab uglevodorodlar). Polisaxaridlar yuzlab va minglab monosaxarid qoldiqlaridan tashkil topgan, tabiatda juda keng tarqalgan. Murakkab uglevodlarning gidrolizlanish darajasiga qarab ular pastmolekulyar va yuqorimolekulyar polisaxaridlarga bo‘linadi. Past molekulyar polisaxaridlar muhim ahamiyatga ega, ularning molekulalari ikkita bir xil yoki har xil monosaxaridlarning qoldiqlaridan tuzilgan. Monosaxaridlarning molekulalaridan biri disaxarid molekulasini tuzishda o‘zining yarimatsetal gidroksili bilan, boshqasi – yarimatsetal yoki spirtli gidroksili bilan doimo qatnashadi. Agar disaxarid molekulasini hosil qilishda monosaxaridlar o‘zlarining yarimatsetal gidroksillari bilan qatnashsa, u holda qaytarilmaydigan disaxaridlar hosil bo‘ladi, ikkinchi holda esa - qaytariladigan disaxaridlar hosil bo‘ladi. Bu saxaridlarning asosiy tavsiflaridan biridir. Disaxaridlarning muhim reaksiyasi - gidroliz: Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling