Isbot qilishdan maqsad nima?


Guvoh koʻrsatuvlarining shakllanish jarayoni necha bosqichdan iborat?


Download 0.92 Mb.
bet6/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Guvoh koʻrsatuvlarining shakllanish jarayoni necha bosqichdan iborat?

Guvoh isbotlovchi axborotning manbai sifatida tergov qili¬nayotgan hodisaning holatlaridan tashkil topadi va shuning uchun uning jinoyat protsessining ishtirokchisi–dalil manbai sifatidagi oʻrnini hech kim bosaolmaydi. Uning almashilmasligi guvohning majburiyatlarini protsessning boshqa ishtirokchilarining majburi¬yatlari bilan bogʻlashga yoʻl qoʻymaydi.
Maʼlumki, tergov va sud organlari guvohdan biror fakt boʻyicha maʼlumot olishni rejalashtiradi. Demak, guvoh tergov qilinadigan fakt boʻyicha oʻzida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni tergov va sud or¬ganlariga berishi lozim, shuningdek u guvohlik koʻrsatuvining tabiyatini xarakterlovchi oʻziga xos xususiyat hisoblanadi.
Guvoh oʻz koʻrsatuvlarida doimo ish uchun ahamiyatli boʻlgan fakt¬ni ifodalashi kerak. Oʻzi kuzatgan holatlar boʻyicha guvohlik koʻr¬satuvi begʻaraz, faktga nisbatan obʼektiv xususiyatlar bilan tafsif¬lanishi lozim. Guvoh ish uchun ahamiyatli faktni qay darajada toʻla va izchillik bilan yoritib bersa, koʻrsatuvlarning qadri shunchalik yuqori boʻladi.
Guvohni soʻroq qilish jinoyat ishi boʻyich aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar yuzasidan oʻtkaziladigan tergov harakati hisobla¬nadi.
Guvohni soʻroq qilishning samaradorligi dalillarni toʻplash vositasi sifatida koʻpgina holatlarga, yaʼni soʻroq qilishning pro¬sessual tartibi, uni oʻtkazish uchun sharoit yaratuvchi taktik usullar¬ni ishlab chiqish va qoʻllashga bogʻliq. Guvohni soʻroq qilishning taktik usullari ish boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlgan shaxslar doi¬rasini aniqlashdan; soʻroq qilish predmetidan; guvohni soʻroq qilish vaqti, joyi, ketma-ketligidan; ularni chaqirish usulidan; guvohning shaxsini oʻrganishdan; soʻroq qilishda guvohga koʻrsatiladigan huj¬jatlar va dalillarn tanlashdan; maxsus koʻrsatuvlar talab etiladi¬gan savollarni oydinlashtirish va maxsus iboralarni bilishdan iborat.
Guvohning sudda ogʻzaki javob berishi sudga nafaqat guvoh koʻr-satuvining mazmunini tekshirish, balki dalil manbasini qabul qilish va baholash imkonini beradi. Guvoh oʻzidagi yozma belgilardan faqatgina xotirada saqlash qiyin boʻlgan raqamlar va boshqa maʼ¬lumotlarga taalluqli boʻlgan hollarda foydalaniladi.

  1. Dalillarni toʻplash usullari?

Далилларнинг тўплашнинг қонуний йўллари: тергов ва суд ҳаракатлари, ҳимоячининг далилларни тақдим этиши ҳамда тезкор-қидирув фаолиятидир. Далилларни тўплашда турли илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин. Бироқ бу ерда айрим истисно ҳолат мавжуд бўлиб: 1) далилларни тўплашнинг биринчи босқичи далилларни қидириш вақтидагина ҳар қандай илмий-техник воситалардан фойдаланиш мумкин; 2) далилларни 84 олиш босқичида қонунда кўрсатилган техник воситалар (овоз ѐзиш воситалари, кинокамера, видеомагнитафон, фотоаппарат, ахборот ташувчи мосламалар) дан фойдаланиш мумкин
Далилларни тўплаш жуда мураккаб жараѐн бўлиб, у қуйидаги босқичлардан ташкил топган: 1. Далилларни қидириш (тинтув, кўздан кечириш вақтида). Далилларни тўплашнинг бу элементи мажбурий ҳисобланмайди. Бу элемент умуман бўлмаслиги (далилларни тақдим этишда) ѐки нопроцессуал воситалар билан амалга оширилиши мумкин (ҳодиса шоҳидларини тезкор-қидирув йўли билан ѐки оммавий ахборот воситалари ѐрдамида аҳолига мурожаат қилиш йўли билан); 2. Далилларни олиш, нарса ва ҳужжатларни, тақдим этилган далилларни олиш, кўрсатув олиш ва шу каби ҳаракатлар воситасида амалга оширилади. Далилларни қидиришдан фарқли ўлароқ уларни олиш фақат процессуал йўл билангина амалга оширилиши мумкин. 3. Далилни процессуал расмийлаштириш (мустаҳкамлаш) далилларни тўплашнинг мажбурий элементидир. Тергов ҳаракатлари баѐнномалари тузиш, уларга иловалар тайѐрлаш каби йўллар билан амалга оширилади. Далилни мустаҳкамлаш ЎзР ЖПКсида кўрсатилган талаблар асосида бажарилмаса далил номақбул деб топилади.

  1. Qonuniylik prinsipi mazmuni va mohiyatini yoritib bering.

11-modda. Qonuniylik
Sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, himoyachi, shuningdek jinoyat ishini yuritishda ishtirok etuvchi barcha shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga aniq rioya etishlari va ularning talablarini bajarishlari shart.
Qonunlarni aniq bajarishdan va ularga rioya qilishdan har qanday chekinish, qanday sabablarga ko‘ra yuz berganidan qat’i nazar, jinoyat protsessida qonuniylikni buzish hisoblanadi va belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling