Isbot qilishdan maqsad nima?


Dalillar nazariyasi fanining tizimi bo’yicha maxsus qismi nimani o’rgatadi?


Download 0.92 Mb.
bet3/57
Sana25.06.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1654805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Bog'liq
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ

Dalillar nazariyasi fanining tizimi bo’yicha maxsus qismi nimani o’rgatadi?

Dalillar nazariyasi muammolari fanining maxsus qismida esa dalillarning ayrim turlari, isbot qilishning ayrim bosqichlari, surishtiruv, tergov va sud harakatlari koʻrib chiqiladi. Shuningdek dalil manbalari tushunchasi, dalillarning turlari: guvoh koʻrsatuv¬lari, jabrlanuvchi koʻrsatuvlari, gumon qilinuvchi koʻrsatuvlari, ayblanuvchi koʻrsatuvlari, ashyoviy dalillar, hujjatlar, tergov va sud bayonnomalari va boshqalar haqida fikr yuritiladi.

  1. Isbot qilish predmetiga qaysi holatlar kiradi?

Har bir jinoyat ishi boʻyicha isbotlashning muayyan predmye¬tini aniqlash jinoiy javobgarlikni qoʻllashning muhim kafolati hisoblanadi. Oʻrganilayotgan hodisaning aloqasi va xususiyatini ifodalovchi holatlar tizimi isbotlash predmetini tashkil etadi. Bu holatlar esa protsessual isbotlash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Maʼlumki, har bir jinoyat ishi oʻziga xos boʻladi. Shu bilan birga turlicha hodisalar oʻrtasida umumiy boʻlgan holatlarni ajra¬tib olish mumkin.
Aynan shu umumiy holatlar tushunchasini isbot qilish predmye¬ti aniqlab beradi. Isbot qilish predmeti bu har bir jinoyat ishi boʻyicha isbot qilinishi lozim boʻlgan faktlar va holatlar majmua¬sidir. M.S.Strogovich dalillar yordamida ishni toʻgʻri hal qilish uchun aniqlanishi lozim boʻlgan faktlar, jinoyat ishi holatlari is¬bot qilish predmetini tashkil qiladi, degan fikrni bildirgan.
Isbot qilish predmetini toʻgʻri aniqlash gʻoyat muhim hisoblana¬di. Isbot qilish predmetini haddan tashqari kengaytirish, isbot¬lovchi shaxslarning ishning pirovard natijasiga taʼsir qilmaydi¬gan holatlarni aniqlashga sarflanadi. Oʻzini oqlamagan darajada isbot qilish predmetini toraytirish tergovning va sud muhokamasi¬ning toʻliq olib borilmasligiga va bir tomonlama olib borilishiga olib keladi. Oqibatda ishga ahamiyatli holatlar aniqlanmasdan qoladi. Bu esa obʼektiv haqiqatga erishish vazifasini bajarishga salbiy taʼsir koʻrsatadi.
Ayrim toyifadagi, misol uchun voyaga etmaganlarga nisbatan, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllashdagi jinoyat ishla¬rida isbot qilish predmeti, ushbu qilmishlar subʼektlarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda alohidalikka ega boʻladi. Ushbu holatlar jinoyat ishini yuritish jarayonida isbotlanishi lozim.
Ushbu holatlarni birlashtiruvchi narsa shuki, ular ish boʻyicha huquqiy ahamiyatga egadir, yaʼni yoki jinoyatni kvalifikatsiya qilish¬ga taʼsir koʻrsatadi, yoxud fuqaroviy davoni hal qilishda ahamiyatga ega boʻladi, yoxud jazoni tayinlashda hisobga olinishi mumkin. Shu sababli ushbu holatlarning aniqlanmay qolishi tergovning toʻla boʻlmaganligi va biryoqlama oʻtkazilganligini bildiradi hamda hukmning bekor boʻlishi yoki oʻzgartirilishiga yoxud jinoyat ishining qoʻshimcha tergovga qaytarilishiga olib keladi.

  1. Isbot qilish subʼektlari

Isbot qilish subʼektlari deganda isbot qilish faoliyatida ish¬tirok etadigan va maʼlum huquq va majburiyatlarga ega har qanday organlar va shaxslar tushuniladi. Bu subʼektlar doirasi juda keng, biroq ular vakolatlari bilan bir-biridan farq qiladi. Shu sababli ularni maʼlum kategoriya, guruhlarga boʻlish maqsadga muvofiqdir:
1) jinoyat-sudlov ishlarini yuritishga masʼul boʻlgan davlat or¬ganlari va mansabdor shaxslar;
2) ish boʻyicha shaxsiy yoki vakillik manfaatlari boʻlgan shaxs¬lar;
3) daliliy axborotga ega shaxslar;
4) texnik va yordamchi funksiyalarni bajaruvchi boshqa shaxslar.
Birinchi guruhga surishtiruv organi, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror (sudgacha bosqichlarda) va sud kiradi. Bu organlar va shaxs­larning oʻziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a) faqat shu organ va shaxslar ish boʻyicha qaror chiqarishga, shu­ningdek, faktlarni isbotlangan-isbotlanmaganligini, ish yuritish­ning maʼlum bosqichida isbot qilishning natijalarini xulosalashga ham vakolatlidirlar;
b) ular isbot qilish jarayonida eng koʻp huquqlarga ega boʻlib, qonunda koʻrsatilgan dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash yuza­sidan tergov va sud harakatlarini oʻtkazishga haqlidirlar. Ular boshqa subʼektlardan dalillarni taqdim qilishni talab qilishlari mumkin;
v) bu organ va shaxslarga isbot qilish majburiyati yuklatilgan.
Ikkinchi guruhga-ayblanuvchi, uning himoyachisi, jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar va uning vakillari, shu¬ningdek, sud bosqichlarida davlat ayblovini qoʻllab-quvvatlaydigan prokuror kiradi.
Uchinchi guruhga daliliy axborotning manbai hisoblanmish shaxslar, yaʼni bular jumlasiga guvohlar, ekspertlar va mutaxas¬sislar kiradi.
Toʻrtinchi guruhga tarjimon, sud majlisi kotibi, xolislar kiradi.


  1. Download 0.92 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling