Isbot qilishdan maqsad nima?
Isbot qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Download 0.92 Mb.
|
ДАЛИЛЛАР ЖАВОБЛАРИ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olinish mansabiga koʻra dalillarning turlari
- Dalillarning turlari
Isbot qilishning oʻziga xos xususiyatlari
Isbot qilish, yuqorida aytilganidek, bilish jarayoni boʻlib, ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlash maqsadida amalga oshi¬riladi. Boshqa sohalardagi bilishdan farqli oʻlaroq, jinoyat ishi boʻyicha isbot qilish oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, bular quyi¬dagilardan iborat : 1) jinoyat-protsessual isbot qilishda bilish predmeti oʻziga xos xususiyatga egadir. Bu yerda isbot qilish predmeti boʻlib tabiat va jamiyatning qonuniyatlari emas, balki oʻtmish hodisasining muayyan faktlari hisoblanadi. Albatta, isbot qilishda ham fan va texnika yutuqlaridan foydalaniladi, biroq bunday yutuqlar isbot qilish maqsadi hisoblanmaydi, balki ular isbot qilish vositasi sifatida maydonga chiqadi; 2) ish boʻyicha qaror chiqarishning shartligi. B.A.Azizxodjayev ish boʻyicha protsessual qarorlarni chiqarish va xulosalarni asoslan¬tirishni jinoyat-protsessual isbot qilishning mustaqil tarkibiy elementi sifatida ajratish zarur -deganida qanchalik haq boʻlganini aytib oʻtish oʻrinli. Negaki, isbot qilish faoliyati qanday yakunla¬nishidan qatʼi nazar, ish boʻyicha albatta qaror chiqarilishi lozim. Ishning taqdiri maʼlum bir shaxslarning, jamoat va davlatning manfaatlariga taʼsir koʻrsatadi, shu sababli isbot qilish faoliyati natijasiz tugallangan va jinoyat sodir qilgan shaxslar aniqlanma¬gan hollarda ham qaror chiqarilishi lozim, misol tariqasida ish yuritishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi qarorni misol qilib keltirish mumkin; 3) isbot qilish jarayoni maʼlum bir muddatlar bilan cheklan¬gan. Jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv oʻn sutkadan oshmagan mud¬datda, dastlabki tergov esa jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan kundan boshlab uch oydan oshmagan muddatda tamomlanishi lozim, bunga misol qilib, dastlabki tergov muddatlari OʻzR JPKning 351-moddasi 4-6-qism¬larida belgilangan tartibda uzaytirilishi mumkinligini aytish joiz; 4) isbot qilish jarayoni qonun bilan tartibga solingan va maʼ¬lum protsessual shaklda oʻtkaziladi. Jinoyat protsessual qonuni da¬lillar bilan ishlash qoidalarini oʻrnatadi. Bu qoidalar dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashni hamda dalillarga qoʻyiladigan ta¬lablar, isbot qilish subʼektlari va shu kabilarni oʻz ichiga oladi. Protsessual shakl yuqorida keltirganimizdek ikkiyoqlama aha¬miyatga egadir. Birinchidan, ushbu shakl ish boʻyicha haqiqatni aniq¬lashni maksimal darajada kafolatlaydi. Ikkinchidan, protsessual shakl ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqlarini taʼminlashga qaratilgan. Olinish mansabiga koʻra dalillarning turlari Olinish manbasiga qarab dalillar dastlabki va hosila dalil¬larga boʻlinadi. Aniqlanishi lozim boʻlgan holat toʻgʻrisidagi maʼlumot birin¬chi manbadan olingan dalillar dastlabki dalillar deb ataladi. Isbotlanishi lozim boʻlgan fakt toʻgʻrisidagi maʼlumot birin¬chi manbadan emas, balki boshqa manbadan olingan dalillar hosila dalillar hisoblanadi. Dastlabki va hosila dalillarning farqi ular manbasining shakllanish jarayoniga bogʻliq. Hosila dalillarning shakllanish jarayonida oraliq zveno mav¬jud boʻladi. Masalan, jinoyat shohidi boʻlgan guvohning axborotini qabul qilish bosqichi bilan bu axborotning tergovchi tomonidan olinishi oʻrtasida yana bir manba-eshitgan guvoh kirishi mumkin. Axborot bir manbadan ikkinchisiga oʻtganda oʻzgarishlarga uchrashi tabiiy hol albatta. Demak, oraliq manbalar qanchalik koʻp boʻlsa, oʻzgarish, buzilish ehtimoli shuncha koʻpayadi. Isbot qilishda hosila dalillar muhim rolni oʻynashi mumkin. Ularning ahamiyati quyidagilardan iborat boʻladi: birinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalillarni topish uchun foydalanilishi mumkin; ikkinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalillarni tekshi¬rishda foydalaniladi; uchinchidan, hosila dalillardan dastlabki dalil yoʻqolganida foydalaniladi. Dalillarning turlari Далилларни таснифлаш – бу маълум бир асосларга, мезонларга кўра гуруҳларга, категорияларга бўлиш, ажратишдир. Айблов предметига нисбатан далиллар айбловчи ва оқловчи далилларга бўлинади. Айбловчи далиллар деб – айбланувчининг айбини тасдиқловчи, унинг жавобгарлигини оғирлаштирувчи далилларга айтилади. Бундай далилларга айбловга асос бўлган далиллар ѐки айбловчининг жавобгарлигини оғирлаштирувчи ҳолатлар тўғрисидаги маълумотлар киради. Оқловчи далиллар – бу айбловни инкор қилувчи, айбланувчининг айбсизлигини тасдиқловчи, айбланувчининг жавобгарлигини енгиллаштирувчи ҳолатлар тўғрисидаги маълумотлар, шунингдек, айбланувчига қўйилган айбловни шубҳа остига олувчи далиллардир. Олиниш манбасига қараб далиллар дастлабки ва ҳосила далилларгабўлинади. Дастлабки далиллар бу – аниқланиши лозим бўлган ҳолат тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан олинган далиллардир. Ҳосила далиллар эса исботланиши лозим бўлган факт тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан эмас, балки бошқа манбадан олинган далиллардир. Исбот қилинаѐтган тезисга нисбатан далиллар тўғри ва эгри далилларга бўлинади. Дастлабки далиллар бу – аниқланиши лозим бўлган ҳолат тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан олинган далиллардир. Ҳосила далиллар эса исботланиши лозим бўлган факт тўғрисидаги маълумот биринчи манбадан эмас, балки бошқа манбадан олинган далиллардир. Тўғри далиллар исбот қилиниши лозим бўлган ҳолатлар тўғрисидаги маълумотларни акс эттирувчи далиллар бўлса, эгри далиллар оралиқ фактлар тўғрисидаги маълумотларни акс эттиради. Шахсий далиллар деб инсондан олинувчи маълумотларни акс эттирувчи далилларга айтилади (мисол учун, гувоҳ, жабрланувчи, гумон қилинувчи, айбланувчи, судланувчи ва бошқалардан олинган кўрсатувлар, эксперт хулосаси). Ашѐвий далиллар деганда, моддий дунѐдаги ашѐлардан олинувчи далиллар тушунилади. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling