Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati
Download 236.33 Kb.
|
2-ma\'ruza
Korxonalarning klassifikatsiyasi. Ishlab chiqarish quvvati ga ko’ra qayta ishlash korxonalari 3 guruhga bo’linadi: I-guruh kam quvvatli (ishlab chiqarish quvvati yiliga 20 million shartli banka (8 min.t)), II-o’rtacha quvvatli (yiliga 21-50 million shartli banka (8-20 min.t)), III-katta quvvatli (51-100 million shartli banka).
Qayta ishlash korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotning turiga ko’ra (meva-sabzavot, go’sht, baliq va sut, konserva korxonalari) ham korxonalar tasniflanadi. Turiga ko’ra korxonalar ixtisoslashgan yoki universal bo’ladi. Ixtisoslashganlarga - sut konserva, go’sht va baliq konserva korxonalari kiradi. Go’sht konserva korxonasi go’sht kombinati, baliq konserva korxonasi baliq kombinati tarkibiga kirishi mumkin. Ko’pgina meva va sabzavotlami qayta ishlaydigan konserva korxonalari tarkibiga pomidor sharbati, pomidor qayla, gazakbop konservalar, ko’k no’xatdan tabiiy konservalar, uzum sharbati, olma sharbati, mag’izli meva sharbatlari, bolalar uchun konservalar va boshqa ishlab chiqariladigan ixtisoslashgan sexlar yoki tizimlar kiradi. Ixtisoslashgan konserva korxonalarida (ishlab chiqarish sexlari, tizimlar) bir xil mahsulot ishlab chiqariladi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlari va sex ichidagi transport aloqalarini yuqori darajada mexanizasiyalash uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday korxonalarning asosiy kamchiligi: ularning ishlash muddati xom ashyoning pishib etilishiga bog’liq. Ishlash muddatini uzaytirish maqsadida korxonalarda yozgi mavsumda yarimfabrikatlar tayyorlanadi va katta sig’imlarda aseptik usulda saqlanadi, qishda esa ular qayta ishlanadi va mayda idishlarga quyib chiqariladi. Pomidor qaylasi, uzum va olma sharbati (qayta ishlash jarayonlarining ko’pgina bosqichlaridan o’tmagan va sovutilgan holatda saqlanadigan), muzlatilgan qalapir, antiseptiklar yordamida konservalangan meva mahsulotlarini bunday usulda tayyorlash mumkin. Konserva korxonalarining tarkibiga asosiy ishlab chiqarish sexlari va yordamchi sexlar kiradi. Ishlab chiqarish sexlarida (sharbat, marinad, tuzlash va hokazo) asosiy mahsulotlar konservalari ishlab chiqariladi. Tunuka, yog’och, mexanik sexlari, shuningdek bug’xonalar yordamchi sexlar qatoriga kiradi. Bu sexlarda konserva idishlari tayyorlanadi (yashik, tunuka bankalar, bochkalar), bug’ ishlab chiqariladi, uskunaiar sozlanadi. Download 236.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling