Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Download 236.33 Kb.
bet9/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Maishiy xonalar-maishiy xonalar tarkibi ishlab chiqarish jarayonlarining sanitariya holatiga bog‘iqdir. ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonlari 4 guruhga bo‘linadi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda yuqori sifatli mahsulotni tayyorlash uchun maxsus sanitariya tartibi talab qilinadi. Bu korxonalarning asosiy ishlab chiqarish sexlari IV-a guruhga kiradi. Idish omborlari, yuklash-tushirish maydonchalari II-a, tunuka bankalar, mexanik sexlar –I-b guruhga kiradi.
IV-guruhga mansub korxonalarning maishiy xonalari tarkibiga kiyinish (garderob), yuvinish, dam olish, tibbiy ko‘rik xonalari va boshqalar kiradi.
Ushbu xonalar kunduzgi smenalarda ishlaydigan ishchilarning soniga ko‘ra hisoblanadi.
Oziq-ovqat korxonalarida asosan ayollar ishlaydi. Maishiy xonalar hisoblanganda umumiy ishchilar soniga nisbatan erkaklar 20%, ayollar 80% deb qabul qilinadi. Kiyinish, yuvinish, dush xonalari alohida loyihalanadi.
Kiyinish xonalarida kiyimlar uchun javonlar o‘rnatiladi, ularning gabaritlari 50x50x165 sm bo‘lishi tavsiya etiladi. Javonlar soni ishchilar soniga teng bo‘lishi lozim.
Javonlar orasidagi masofa 1,5 m, o‘rindiqlar o‘rnatilgan holatda 2 m.
Dush xonalari eng katta smenada ishlaydigan ishchilar umumiy sonining 60% iga nisbatan hisob qilinadi. Asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari uchun bitta dush kabinasi 5 kishiga mo‘ljallanadi.
Dush kabinasining o‘lchamlari 0,9x0,9 m, ikki qator orasidagi masofa 2 m bo‘ladi, kabinalar devor bilan ajratiladi, uning balandligi 1,6 m bo‘lishi lozim. Yuvinish xonalari ko‘pincha kiyinish xonalari bilan birgalikda loyihalanadi.
Dam olish xonasida 1 kishiga 0,2 m2 maydon mo‘ljallanadi, uning umumiy maydoni 18 m2 dan oshmasligi kerak.
Tibbiy ko‘rik xonasi ishchilar umumiy soni 500 dan ortiq bo‘lganda loyhaga kiritiladi, uning maydoni 12 m2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Eng katta smenada ishlaydigan ishchilar soni 100 kishidan kam bo‘lganda maishiy xonalar ishlab chiqarish sexlarida joylashadi. Ishchilar soni ko‘p bo‘lganda bu xonalar alohida ma’muriyat binosida yoki asosiy sex binosining yonida quriladi. Dush va shaxsiy gigiyena xonalari ishlab chiqarish xonalari ustiga joylashtirilmaydi. Ishlab chiqarish sexlariga kirishda yuvinish inshootlari joylashtiriladi.
Ishchilar maishiy xonalardan sexlarga xom ashyo maydonchalari va sterilizatsiya bo‘limlari orqali o‘tmasligi kerak.

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling