Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati
Download 236.33 Kb.
|
2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xom-ashyo mintaqasi hamda qurilish materiallari.
Yer-tuproq tavsifi-Bu bo’limda qurilishning joyi, uning qaysi viloyatga qarashliligi aniqlanadi va chegaralari belgilanadi.
Tanlangan xom ashyo mintaqasidagi yer tuzilishi, bog’dorchilik va sabzavotchilik rivojlanishi holati o’rganiladi. Tanlangan joyining yer tuzilishi va iqlim sharoitlari o’rganilib, barcha meva va sabzavotlarni etishtirish imkoniyati, hosildorligi va sifati aniqlanadi. Qayta ishlash tizimlarining ishlash muddati havo haroratining o’zgarish diapazoniga, past haroratlarning davriga bog’liq. Bosh reja tuzilganda shamol esish yo’nalishi e’tiborga olinib, tutun, gaz chiqaradigan ob’ektlar shamol esmaydigan tomonda, ishlab chiqarish sexlari va aholi yashaydigan uylardan uzoqroq joylashgan joyda barpo etiladi. Texnik-iqtisodiy asoslashda quyidagi ma’lumotlar beriladi: havo harorati va bir kecha kunduz davomida uning o’zgarishi, minimal va maksimal haroratlar, xavoning nisbiy namligi, sovuq kelishi va tamom bo’lishi, shamol kuchi va uning yo’nalishi. Ushbu ma’lumotlar oylar va o’rtacha yillik (10 yil va undan ortiq) bo’yicha beriladi. Xom-ashyo mintaqasi hamda qurilish materiallari. Loyihalanadigan korxonani meva va sabzavotlar bilan kerakli darajada ta’minlash uchun atrofdagi xo’jaliklar unga biriktirilib, xom ashyo mintaqasini tashkil ettiriladi. Tashish harajatlarini kamaytirish, xom ashyoni korxonaga tez va yo’qotmasdan olib kelish maqsadida, korxonani xom ashyo mintqasiga imkon qadar yaqin joylashtirish kerak. Xom ashyo mintaqasining o’rtacha radiusi korxonani ishlab chiqarish quvvatidan kelib chiqib, 25-30 km dan 50 km cha bo’lishi lozim. Texnik-iqtisodiy asoslash bo’limini tuzishda xom ashyo mintaqasiga kiradigan xo’jaliklaming ekin maydonlari, yetishtiriladigan sabzavot va mevalar turlari va miqdori, hosildorligi ko’rsatiladi. Meva va sabzavotlaming etilish muddati ham e’tiborga olinadi. Yetishtiriladigan meva va sabzavotlarning pomologik navlari va sifat ko’rsatkichlarini ham ko’rsatish zarur. Xom ashyo sifati (quruq moddalari, qand miqdori) korxonaning ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. Masalan, tomat sexining ishlab chiqarish quvvati qayta ishlanadigan pamidor xom ashyoning miqdoriga va uning tarkibidagi quruq moddalar miqdorda bog’liq. Qish va bahor mavsumlarida korxona to’xtamasligi uchun xom ashyoning boshqa turlarini qayta ishlash imkoniyati ko’rib chiqiladi. Qurilish materiallari- Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun yangi korxonalarni qurish asosan mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishga yo’nalgan bo’lishi kerak. Bu bo’limda kerak bo’lgan qurilish materiallari va ularni olib kelish manzillari aniqlanadi. Uzoqdan olib kelingan materiallar qurilishga bo’lgan harajatlarni ko’paytiradi. Ob’ekt atrofida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mavjudligini aniqlash muhimdir. Download 236.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling