Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Download 236.33 Kb.
bet6/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Boshqa talablar-Boshqa turdagi obyektlarni joylashtirishda ishlab chiqarish estetikasiga (dizayn) ham e’tibor berish muhimdir.
Binolarni joylashishi, shakli, rangining bir biriga mos kelishi, tashqi ko‘rinishi zamonaviy, bugungi kun talablariga javob berishi kerak.
Bosh reja tuzilganda qurilish maydonining relyefi, shamollarning yo‘nalishi ham e’tiborga olinadi.
Bug‘xona, mexanik sozlash xonalari, sulfitlash bo‘limlari, bug‘, tutun, chang, yoqimsiz hidlar, gazlarni chiqaradigan obyektlar asosiy ishlab chiqarish sexlariga shamol esmaydigan tomondan quriladi.
Korxona hududida ambulatoriya, yashash uylari va sport inshootlari qurilishi man etiladi.


Qurilish maydonining o‘lchamlari, bosh reja obektlari va bosh korpus. Qqurilishga maydon tanlashda quyidagi o‘lchamlar nisbatiga e’tibor qaratish lozim;
-maydon kattaligi shunday bo‘lishi kerakki, qurilayotgan binolar orasida mashinalar yurishi mumkin bo‘lsin;
-korxona yana kengaytirilishi, navbatdagi binolar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bu ham hisobga olinsin;
Boshqa tomondan qaraganda, haddan ziyod maydonni band qilish ham tavsiya etilmaydi. Chunki bu, sexlar orasining uzoqligiga, kommunikatsiya uzunligiga va buning natijasida qurilish bahosining oshib ketishiga olib keladi.
Mamlakatimizning ishlab chiqarish korxonalarini qurish bo‘yicha to‘plangan katta tajribasi asosida, quyidagi optimal mutanosibliklar belgilangan. Bino, inshootlar va umumiy qurilish maydoni orasidagi bu mutanosiblik, qurilish foizi deyiladi. Bu kattalik 30-35% ga teng bo‘lganda yaxshi hisoblanadi. Berilgan maydon maydonining eng kichik perimetri va shundan kelib chiqib, eng kichik chegara uzunligi, faqatgina maydon kvadrat shaklga ega bo‘lganda bo‘lishi mumkin. Binolarni qulay joylashtirish nazaridan qaraganda, maydonning to‘g‘ri burchakli uzunchoq bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Amalda doim ham maydon qatiy geometrik shaklga ega bo‘lavermaydi. Shunga qaramay, imkon boricha, maydonning uzunchoq to‘g‘ri burchakligi tanlangani ma’qul.

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling