Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Download 236.33 Kb.
bet10/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Korxona ma’muriyati-Ma’muriyat binosida direktor, bosh muhandis xonalari, bo‘limlar (umumiy, ishlab chiqarish, texnik qurilish, iqtisodiyot, ta’minot va boshqalar) joylashadi. Ma’muriyat binosining maydoni 1 ishlovchiga 4 m2 hisobidan loyihalanadi. Bu yerda kiyinish xonasi bo‘lishi mumkin, uning maydoni 1 kishi uchun 0,27 m2 meyoridan kelib chiqib hisoblanadi. Ma’muriyat binosiga ko‘chadan, korxona hududiga esa nazorat punktidan kiriladi.
Korxona idorasidan tashqari sexlarda ham idoralar bo‘lishi kerak. Sex idorasi sex boshlig‘i va hisobchi (buxgalteriya) xonalaridan iborat bo‘ladi. Sex boshlig‘i xonasining maydoni 6-8 m2, buxgalteriya – 10-12 m2 ni tashkil etadi.
Nazorat punkti, avtomobil torozisi, oshxona va ta’mirlash ustaxonalari. Korxona hududiga kirish joyi ma’muriyat binosi yonida bo‘ladi, uning maydoni 8-12 m2 ni tashkil etishi lozim.
Avtotransport uchun darvoza odamlar o‘tish joyining yonida quriladi. Ba’zan asosiy darvoza yonida ikkinchi (yordamchi) darvoza quriladi (xom ashyo kelishi ko‘paygan mavsumlarda foydalanish uchun).
Avtomobil torozisi-Avtomobil tarozisi yuk bilan kelayotgan avtomashinalarni tortish uchun mo‘ljallangan. Torozi korxona hududida, yo‘lning chetida, darvozadan 8-10 m masofada joylashadi.
Katta quvvatli korxonalarda ba’zan 2 ta torozi (yoki bitta toroziga 2 ta platforma joylashtirib) quriladi.
Korxona idorasi, o‘tish joyi, darvoza va avtomobil darvozasi taxminan quyidagicha joylashishi mumkin:

  1. Idora.

  2. O‘tish joyi.

  3. Darvoza.

  4. Avtomobil torozisi.

  5. Yo‘l (korxona hududiga kiradigan)

  6. Katta yo‘l (ko‘cha).

Oshxona-Oshxona bir smenadagi ishchilarning soni 100 nafardan ortiq bo‘lganda loyihalanadi.
Ishchilar soni bir smenada 50 dan 100 nafargacha bo‘lganda ovqat qabul qilish xonasi va bufet loyihalanadi, bunda bir kishiga 1,2 m2 joy hisobidan rejalashtiriladi.
Korxona oshxonasidagi joylar 50 o‘rindiqdan kam bo‘lmasligi kerak. Oshxonada ovqatlanadigan ishchilar soni eng ko‘p ishchilar ishlaydigan smenada kishilar sonining 50% miqdorida loyihalanadi.
Oshxonada quyidagi xonalar bo‘lishi mumkin:

Oshxona korxona idorasi bilan bitta korpusda joylashtiriladi. Kirish joylari ko‘chadan va korxona hududidan bo‘lishi kerak.

Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling