Ishlab chiqarish sexlarini qurilish konstruksiyalari. Meva va sabzavotlarni saqlash va qayta ishlashning xalq xo‘jaligidagi o‘rni va ahamiyati


Download 236.33 Kb.
bet7/11
Sana04.02.2023
Hajmi236.33 Kb.
#1156988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
2-ma\'ruza

Bosh reja asosiy obyektlari-Bosh rejaga quyidagi obyektlar kiradi:
1) Asosiy binoda ishlab chiqarish sexlari, meva va sabzavotlarni qisqa muddat saqlash uchun xom ashyo maydonchalari, korxona laboratoriyasi, tayyor mahsulot, materiallar, tunuka idishlar omborlari joylashtiriladi. Sovutgichlar, maishiy xonalar, transformator elektropodstansiyasini ham shu blokda joylashtirish mumkin.
2) Yordamchi binolar va xonalarda korxona boshqarmasi, nazorat o‘tkazish punkti, oshxona, tibbiy bo‘lim, ba’zan maishiy xonalar ham joylashadi.
3) Idishlar sexida xom ashyo va tayyor mahsulotlar uchun yashiklar va bochkalar tayyorlanadi.
Bosh rejada bug‘xona, avtomobil tarozisi, shisha idishlar, yoqilg‘i, yog‘lar, ammiak omborlari, konteynerlar saqlavchi maydonchalar, sport maydonchalari, korxonani suv bilan ta’minlash inshootlari (basseyn, suv uchun rezervuar va hokazo) ko‘rsatiladi. Zarur hollarda xom ashyoni uzoq saqlash uchun omborlar ko‘zda tutiladi.
Oqava suvlar inshootlari, shaxsiy avto-mototransport to‘xtash joylari korxona hududidan tashqarida quriladi.

4-rasm. Korxonaning bosh rejasi.
1-ma‘muriyat-maishiy binosi; 2-asosiy ishlab chiqarish sexi; 3-tayyor mahsulot ombori; 4-yordamchi korpus; 5-ombor; 6-sovutkich; 7-telefon stantsiyasi; 8-avtotarozi; 9-nazorat punkti; 10-issiqlik punkti; 11-quyish stantsiyasi. 12-galereya; 13-ombor; 14-yarimtayyor mahsulotlar bo’limi; 15-ombor; 16-dastlabki ishlov berish sexi; 17-tunuka idishlarni tayyorlash sexi; 18-oshxona; 19-­kran yuli; 20-yashiklarni yuvish bo’limi; 21-nasos stantsiyasi; 22-trans­port galereyasi.
Bosh korpus-Ishlab chiqarish sexlari korxona hududining markazida joylashtiriladi. Ular sanitariya nazoratini o‘tkazish punkti, xom ashyo, tayyor mahsulot, shisha va tunuka idishlar omborlari, laboratoriya bilan bog‘langan bo‘ladi. Ishlab chiqarish binolarining balandligi 4,8 m dan past bo‘lmasligi kerak.
Asosiy (bosh) korpus va boshqa binolar to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida loyihalashtiriladi.
Bosh korpusda (1) hamma ishlab chiqarish tizimlar joylashtiriladi, unga xom ashyo maydonchalari (2), rampa (3), o‘simlik moylari sisternalari (4) biriktiriladi (a-sxema).
a) b)

Bosh korpus quyidagicha ham joylashtirilgan bo‘lishi mumkin (b-sxema). Unga xom ashyo maydonchasi (1), sharbat sexi (2), tanker bo‘limi (3), qadoqlash bo‘limi (4), tayyor mahsulot omborlari (5), sanitariya nazorati punkti (6) kiradi. Bunday joylashtirish asosida jarayonlarning uzluksizligi ta’minlanadi, qurilishda esa standart konstruksiyalaridan foydalanish imkoniyati yuzaga keladi.



Download 236.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling