Ishlanmalari


Download 0.79 Mb.
bet43/110
Sana14.11.2021
Hajmi0.79 Mb.
#174079
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
O‘RTA GURUH

Son va sanoq



Mavzu: 7 sonining hosil bo‘lishi bilan tanishtirish
Maqsad:

  • Bolalarni 7 soni bilan tanishtirish va 7 gacha sanashni o‘rgatish.

  • Buyumlarning sanog‘ini ajrata olish ko‘nikmasini hosil qilish, soni 7 gacha bo‘lgan 2 guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, qaysi guruhdagi buyumlar soni ko‘pligi yoki tengligini to‘g‘ri belgilashga o‘rgatish.

Kutilayotgan natijalar:

  • Bolalar 7 gacha sanashni o‘rganadilar.

  • 7 gacha bo‘lgan 2 guruhdagi buyumlarni taqqoslab, qaysi guruhda buyumlar soni ko‘p yoki tengligini aniqlashni o‘rganadilar.

Kerakli jihozlar:

Faoliyatning borishi:


Tarbiyachi: Bolajonlar, men hozir sizlarga Bilmasvoy bilan Ziyrakxon haqida gapirib beraman. Bir kuni ikkalasi buvisinikiga mehmonga borishibdi. Buvisi juda qarib qolgani uchun ishlarida yordam bermoqchi bo‘lishibdi. Buvisining qoshiq, piyolalarini yuvib, tozalab qo‘ymoqchi bo‘lishibdi. Ziyrakxon Bilmasvoyga “hammasini birga yuvamiz” debdi. Bilmasvoy bo‘lsa piyola va qoshiqlarni “teng bo‘lib yuvamiz” deb turib olibdi. Ziyrakxon 7 ta piyolani o‘zi, 7 ta qoshiqni Bilmasvoyga beribdi. SHunda Bilmasvoy: “qoshiqlar piyolalardan ko‘p ko‘rinyapti, sen menga ko‘pini berib o‘zingga kamini olding”,- deb injiqlik qilibdi. Ziyrakxon ikkalasi teng ekanligini tushuntirish uchun har bir piyolaning ichiga bittadan qoshiqni solib ko‘rsatibdi. “Mana ko‘rdingmi, agar qoshiqlar ko‘p bo‘lganida qoshiq ortib qolishi kerak edi, lekin ortib qolmadi. Demak, ikkalasi teng-7 tadan ekan.” Bolalar, sizlar ham Ziyrakxonga o‘xshab sanashni yaxshi bilasizlarmi? Men hozir sizlarni sinab ko‘raman.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling