Bolalar uchun amaliy ish.
1-topshiriq. Har bir bolaga yo‘lli kartochka beriladi. Tarbiyachi bolalarga, kartochkaning yuqori qismiga 4 ta olma rasmini terishlarini aytadi. Kartochkaning pastki qismiga 3 ta nok rasmini terishlarini aytadi. Kartochkaning o‘ng tomoniga 1 ta doira, chap tomoniga 1 ta kvadrat qo‘yishlarini aytadi. Bolalarning topshiriqlarni qanday bajarishlarini tarbiyachi kuzatib: “Siz nechta doirani kartochkaning qaeriga qo‘ydingiz?”, “Kvadratni qaerga joylashtirdingiz?”, “Siz nechta olmalarni kartochkaning qaeriga qo‘ydingiz?” “Olmalar va noklarni qo‘shib sanasangiz nechta bo‘ladi?” kabi savollarni berib bolalar bilimini aniqlaydi.
2-topshiriq. O‘rtadagi mevani sariq rangga, o‘ng tomondagini qizil rangga, chapdagini yashil rangga bo‘yang.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |