Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 мавзу макро

Taklif inflatsiyasi bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi 
natijasida tovar va xizmatlar baholarining oshishidan paydo bo`ladi. Bunday hollarda ortiqcha 
talab bo`lmasa ham tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM ishlab 
chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif qisqarishining asosiy sababi 
mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o`sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom 
ashyo va yoqilg`i narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Taklif inflatsiyasining kelib chiqishiga, shuningdek, taklif mexanizmining buzilishi ham 
ta‘sir qiladi. Taklif mexanizmi esa tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining 
keskin ko`payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko`ra, taklif inflatsiyasi o`z-
o`zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi xarajatlarning qo`shimcha o`sishini cheklaydi, 
chunki ishsizlikning o`sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab 
inflatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko`rish zarur bo`ladi. Inflatsiya darajasi 
yuqori bo`lgan mamlakatlarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda 
nominal hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo`ladi. Daromadlarni ishlab chiqarish 
tomonidan ta‘minlanmagan o`sishi aholi qo`lidagi pulning taklif qilinayotgan tovar va 
xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi. Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi
bir miqdordagi pulga joriy yilda o`tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib oladi, 
ya‘ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda aholining nominal daromadlari 30% 
ga ko`paygan, narxlar darajasi 50% ga oshgan bo`lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga 
kamaygan bo`ladi. Chunki, narxlarning o`sishi aholi pul daromadlarining o`sishidan yuqori 
bo`lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflatsiyani real daromadlar darajasiga ta‘siri u kutilayotgan yoki kutilmayotganiga ham 
bog`liq. Kutilayotgan inflatsiya sharoitida daromad oluvchi inflatsiyaning u olayotgan 
daromadga ta‘sirini kamaytirish, ya‘ni real daromadi darajavsini saqlab qolish chorasini ko`radi.
Bu uchun Fisher tenglamasidan foydalanish mumkin:
i = r + π
kut
., bu yerda i-nominal foiz stavkasi; r- real foiz stavkasi; π
kut
-
kutilayotgan inflatsiya darajasi.
Inflatsiya sur‘ati 10 foizdan oshganda Fisher tenglamasi quyidagi ko`rinishni oladi: 

Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling