Ishsizlik reja: Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


 Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni


Download 135.17 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.17 Kb.
#1510628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
2 мавзу макро

3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan to`liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida 
iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo`lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish 
potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM ko`rsatkichi bilan 
o`lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o`z iqtisodiy 
potensialini to`liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) 
hajmidan ortda qoladi. Ya‘ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro`y beradi.
Yh – Yp  
YuZ= ----------------- 100  
Yp  
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to`liq 
foydalanilgan sharoitda mumkin bo`lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.  
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo`q deb emas, balki mavjud, 
biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu 
sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy 
jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik 
yuqori bo`lsa, YaIM uzilishi shuncha ko`p bo`ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* 
haqiqiy YaIM dan katta bo`ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o`rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur 
Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. 
Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 
bir foizga oshib ketsa, ya‘ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki 
yarim foizga kam yaratadi.
YaIMning pastroq darajasi o`z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar 
daromadlarining nisbatan kamroq bo`lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini 
investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo`qotishlari hajmini aniqlash 
imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz 
oralig`ida deb hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 135.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling