Индикатив
режалаштириш аниқ параметрлар(индикатор, яъни
кўрсаткичлар) шаклидаги ижтимоий-иқтисодий мақсадларини белгилаш
ва белгиланган индикаторларга эришиш учун давлатнинг иқтисодий
жараѐнларга билвосита таъсир кўрсатиш бўйича иқтисодий чора-
тадбирларини ишлаб чиқиш жараѐни ҳисобланади.
Индикатив режалаштириш жараѐнида иқтисодиѐтнинг ўсиш
суръатлари,таркиби ва самарадорлиги, молиявий аҳволи, пул муомаласи,
товарлар ва қимматли қоғозлар бозори, нархларнинг ҳаракати, бандлик.
Аҳоли турмуш даражаси, ташқи иқтисодий алоқаларни ва бошқаларни
ифодаловчи индикаторлардан, яъни кўрсаткичлардан фойдаланилади.
Индикатив режалаштиришнинг хусусиятлари унинг таклиф, тавсия
тавсифга эгалиги билан белгиланади. Бозор иқтисодиѐтининг хўжалик
субъектлари индикатив режаларни бажаришга мажбур эмаслар. А
Iqtsodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda dasturlash, prognozlashtirish va rejalashtirishning mazmun-mohiyati va roli
Iqtisodiy dasturlarning mazmun-mohiyati va undan ko‘zlangan maqsadi
- Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim davlat shakllaridanbiri dasturlash va rejalashtirishdir. Ushbu tartibga solish shaklining zaruriyati ishlab chiqaruvchi kuchlaming rivojlanishi, mehnat taqsimoti va kooperatsiyalashuvining chuqurlashuvi, davlat mulkining mavjudligi, iqtisodiyotga yo‘llanadigan kapital mablag‘lar harakati va oqibatlarining uzoq muddatliligi hamda bozor konyunkturasini o‘rganishi bilan ifodalanadi. Shu boisdan barcha rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotning rivojlanishi prognozlashtiriladi, dasturlanadi va rejalashtiriladi. Iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini aniqlash (prognozlashtirish) qisqa muddat (1-2 yil), o‘rta muddat (5 yil), uzoq muddatga (20 yil) mo‘ljallanadi. Bunda mavjud o'tgan davrdagi iqtisodiy rivojlanish holati, bozor konyunkturasining o‘zgarib borish tendensiyalariga asoslanib, kelajakdagi iqtisodiy ahvolning qanday bo‘lishi, qanday natijalarga olib kelishi mumkinligi bashorat qilinadi. Bu — ekstropolyatsiya usuli deyiladi. Olingan ma’lumotlarga esa xususiy ishbilarmonlaming kapital mablaglar sarflash rejalarini turli so‘rovlar orqali o‘rganib borish orqali aniqlik va tuzatishlar kiritiladi.
Iqtisodiyotni dasturlash va rejalashtirishdan maqsad, bozor iqtisodiyotida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli nomutanosibliklar va ortiqcha ishlab chiqarish inqirozlarining oldini olishga qaratilgan bo‘ladi. Bu tartibga solish vositasining samaradorligi dastur va rejalaming tadbirkorlar manfaatiga qanchalik mosligiga, davlatning ulami rag‘batlantirish, moliyalashtirish imkoniyatlariga hamda rejalaming ilmiylik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |