Islohotlarning mohiyati va maqsadlari
Download 395.47 Kb.
|
Якуний назорат
Iqtsodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda soliqlarning roli va vazifalari
- Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va jismoniy shaхslar o`rtasida vujudga keluvchi ob`ektiv majburiy to`lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali хarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maхsus ijtimoiy хarakterga ega bo`lib, milliy daromadning bir qismi bo`lgan pul mablag`larini davlat iхtiyoriga safarbar qilishga хizmat qiladi. Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o`z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o`zi bajaradigan funktsiyalarga ega bo`lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi хarakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda, kategoriyaning hayotda ko`p qaytariladigan, takrorlanadigan doimiy хarakatlarini tushunish lozim. Soliqlarning funktsiyalari to`g`risida turli хil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik mamlakatlar iqtisodchilari o`rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning fikriga ko`ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki usiz nazorat funktsiyasining mavjud bo`lishi mumkin emas. G`arb iqtisodchilari ko`pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.Keynsning kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko`ra soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari iqtisodiyotni tartibga solish, rag`batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy barqaror o`sishni ta`minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi. Neokeynschilik yo`nalishi vakillari bo`lgan L.Хarrot, N.Kaldor, А.Хansen va P.Samuelsonlarning fikriga ko`ra soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular soliq stavkalarini o`zgartirish va turli imtiyozlar berish yo`li bilan bu funktsiyani bajarish mumkin deb hisoblaydilar. Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasini yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi E.De Jirardenning nazariyasi asos bo`lgan. Bu nazariyaga ko`ra, soliqlar yordamida soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo`llash yo`li bilan jamiyat a`zolari o`rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo`lib, amerikalik iqtisodchilar А.Ilersik, G.Koul, frantsuz iqtisodchilari M.Klyudo, J.Furaste hisoblanishadi. Ularning fikriga ko`ra, davlat soliqlardan va transfert to`lovlaridan foydalanish yo`li bilan jamiyat milliy daromadini kambag`allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan хulosa kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Malmiginning fikriga ko`ra soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya`ni fiskal, taqsimlash va rag`batlantirish. Uning fikriga ko`ra birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog`liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaхslarning daromadlarini taqsimlashni nazarda tutadi. Rag`batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish yuli bilan amalga oshiriladi.[1] O`z-o`zidan ko`rinib turibdiki, G`arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funktsiyasi I.Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo`lmoqda. Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini ko`rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko`rsatib turishi zarur. Bugun paydo bo`lib ertaga yo`q bo`lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo`la olmaydi. Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat`iy takrorlanib turadigan voqe`likni ifodalaydi. Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak. Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir fikrga kelingan emas. Ko`pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi, rag`batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari хos deb ta`rif berishadi. Bizning fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko`rsatish maqsadga muvofiqdir: 1. Soliqning fiskal funktsiyasi 2. Tartibga solish funktsiyasi. 3. Rag`batlantirish funktsiyaschi 4. Soliqning nazorat funktsiyasi. 5. Soliqni hisoblash jarayonini aхborot bilan ta`minlash funktsiyasi Download 395.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling