Islom dini tarixi va falsafasi reja


Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi


Download 148.99 Kb.
bet12/14
Sana28.12.2022
Hajmi148.99 Kb.
#1017168
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
7-Мавзу 7Б

Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi.

  • Hadislar sahih (ishonarli), hasan (yaxshi), zaif (ishonchsiz), saqim (kasal) va boshqa turlarga ajratildi.
  • Masalan, sunniylikda sahih hadislar darajalari bо‘yicha etti xilga bо‘lindi:
  • 1) Imom Buxoriy va Imom Muslim keltirgan;
  • 2) faqat Imom Buxoriy keltirgan;
  • 3) faqat Imom Muslim keltirgan;
  • 4) ikkala muhaddis ham keltirmagan, balki ularning shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
  • 5) Imom Buxoriy shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
  • 6) Imom Muslim shartlari bо‘yicha rivoyat qilingan;
  • 7) boshqa ulamolar tomonidan tasdiqlangan hadislar.
  • ABU ABDULLOH MUHAMMAD IBN ISMOIL AL-BUXORIY AL-JOMI’ AS-SAHIH. (Ishonarli tо‘plam) 4-jild.
  • Hadislarda Onani rozi qilish haqida shunday deyilgan Rasulullohdan : “Ey Rasululloh, men yaxshiligimni kimga qilsam bо‘ladi?” – deb sо‘radim. “Onangga”, - dedilar. Men shu savolimni uch martaba qaytarsam ham, Rasululloh: “Onangga”, - deyaverdilar. Tо‘rtinchi martaba sо‘raganimda: “Onangga va yaqin bо‘lgan qarindoshlaringga”, - dedilar.

Kalom falsafasi va fiqh.

  • Kalom falsafasi va fiqh.
  • Kalom ilmi о‘rta asrlarda diniy-falsafiy fikrlarni, dinning nazariy asoslarini о‘rganish, islom aqidalariga e’tiqod qilish haqidagi bilimlarni jamlagan.
  • Kalom ilmi dastlab islomda mavjud bо‘lgan turli diniy-siyosiy firqalar (xavorijlar, qadariylar, jabariylar, murji’iylar)ning о‘zaro munozaralari va boshqa din (mazdakiylik, nasroniylik) vakillari bilan bahs jarayonida shakllandi.
  • MoturidiY. Abu Mansur al-Moturidiy о‘z ta’sir kuchini asrlar osha saqlab qolgan ash’ariyadan keyingi ikkinchi sunniy kalom maktabining asoschisidir.
  • Al-Moturidiy uslub jihatidan mukammal kalom ta’limotini yaratdi. Uning fikrlari «Kitob at-tavhid» va «Kitob at-ta’vilot» asarlarida bayon etilib, bizgacha yetib keldi.
  • Uning shogirdlari – Abu-l-Hasan Ali ibn Sa’id ar-Rustufag‘niy, Abu Ahmad al-Iyodiy, Abdulkarim al-Pazdaviy va Abu Isma al-Buxoriylar.
  • Al-Moturidiy 333 hijriy/944-45 milodiy yil Samarqandda vafot etgan bо‘lib, ulamolar qо‘yiladigan Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Download 148.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling