Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

 
 
ishqor 
glitserin
natriy stearinat 
 
Yog„lar moyli o„simliklarning unib chiqish davrini energiya bilan 
ta‟minlovchi asosiy zaxira modda bo„lganligi uchun shu davrda uning 
parchalanishi lipaza fermenti ishtirokida borib, glitserin va erkin yog„ 
kislotalarning to„planishi bilan boradi. Ular qandlarga aylanadi. 
To„yinmagan yog„ kislotalardan qandlar tezroq hosil bo„ladi.
 
Sinov savollari: 
1. Lipaza fermenti qanday o„simliklar urug„ida ko„p uchraydi? 
2. Erkin yog„ kislotalari miqdorining keskin oshishini qanday 
urug„larda aniq ko„rish mumkin? 
3. Lipidlarning ikkinchi guruhchasi tarkibida ko„p atomli spirtlar va 
yog„ kislotalar qoldig„idan tashqari yana qanday birikmalar bo„ladi? 
4. Yog„ kislotalari ishqoriy metallar bilan nima aralashmasidan hosil 
bo„ladi? 
5. Turli xil o„simlik moylari bir-biridan nimasi bilan farq qiladi? 
 
8-laboratoriya ishi 
Moylarning sifat reaksiyalari 
 
Ishning maqsadi: moylarning xususiyatlari va tarkibini ko„rsatuvchi 
sifat reaksiyalarini amalga oshirish.
Tekshiriladigan mahsulotlar: chigit yoki kungaboqar moyi. 
Reaktiv va asboblar: 
1) efir, benzol, xloroform; 
2) etil spirti, benzin;
3) oqsil eritmasi; 
4) 1%-li KOH eritmasi; 
5) 1%-li Na
2
CO

eritmasi; 


34 
6) sovun eritmasi
7) kaliy gidrosulfat tuzi; 
8) probirkalar; 
9) suv hammomi;
10) elektr plitka. 
Yog„larning oʻziga xos xossalaridan biri ular suvda mutlaqo 
erimaydi. Ammo oddiy sharoitda spirtda qiyin, issiq spirtda esa yaxshi 
eriydi. Benzol, efir, xloroform, benzinni va boshqa bir qancha organik 
erituvchilar yog„lar uchun eng yaxshi erituvchi hisoblanadi. 
Yog„lar suvda erimasdan u bilan aralashib emulsiya hosil qiladi. 
Ammo hosil bo„lgan emulsiya turg„un bo„lmaydi. Agar yog„ va suv 
aralashmasi ustiga ozroq miqdorda emulgator qo„shilib chayqatilsa, 
turg„un emulsiya hosil bo„ladi. Turg„un emulsiya hosil bo„lishiga olib 
keluvchi emulgatorlar uchun misol tariqasida oqsil, sovun, soda, ishqor 
eritmalarini ko„rsatish mumkin. Yog„ tarkibida glitserin bo„lganligi 
uchun ham reaksiyasini beradi. Akrolein o„zining tabiati jihatidan 
qo„lansa hidli to„yinmagan aldegid bo„lib, odatda u glitserindan olinadi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling