28
tarkibidagi lipazaning optimal pH=4,5-5,0 bo„lganligi uchun unga yana
5 ml atsetat buferi qo„shiladi. So„ngra ferment shirasi ustiga 1
ml toza
paxta yoki kungaboqar moyidan solinadi, uning ustiga esa 1-2
tomchi
toluol tomchilatib, kolbadagi aralashma yaxshilab chayqatiladi va 20-24
soat oddiy xona haroratida yoki termostatda 30
ᴏ
C da qoldiriladi. Mana
shu davr ichida moy lipaza fermenti ta‟sirida parchalanadi. Kontrol
kolbalarda ham xuddi yuqoridagi tajribalardagi
ishlar olib boriladi,
ammo kolbalarni inkubatsiyaga qo„yishdan oldin aralashma 3-5 daqiqa
qaynatiladi.
Inkubatsiya vaqti tugashi bilan kolbalarning har biriga 20 ml 96%
spirt, 20 ml efir solinib ular ustiga 2-3 tomchi fenolftalein tomizilib, 0,1
n natriy gidroksid eritmasi bilan titrlanadi.
Agar kolbadagi aralashma
rangli bo„lsa, timoftaleindan foydalaniladi.
Olingan natijani hisoblash. Lipaza faolligi 10 g urug„ga nisbatan
quyidagi formula yordamida hisoblanadi:
(7.1)
X – izlanayotgan lipaza faolligi;
A – titirlash uchun ketgan 0,1 n natriy
gidroksid eritmaning hajmi
(ml hisobida);
T – 0,1 n natriy gidroksidning titri;
b – kontrol titirlash uchun sarf bo„lgan 0,1 n;
natriy gidroksidning hajmi ( ml hisobida );
Do'stlaringiz bilan baham: