Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

1-laboratoriya ishi 
Oddiy oqsillarni mahsulotlardan ajratib olish
Ishdan maqsad: ozuqa mahsulotlari (bug„doy uni, noʻxat, loviya, 
tuxum oqsili va ozuqa mahsulotlari), tarkibidan turli oqsillarni 
eritmalarga o„tkazish, ularni cho„kmaga tushirib ajratish hamda shu 
eritmalardan oqsillarga xos rangli sifat reaksiyalarni bajarishda 
foydalanish. 
Oqsillarni ajratib olish. Oqsillarni biomateriallardan ajratib olish 
uchun ularning eruvchanlik xususiyatidan foydalaniladi. Lekin 
oqsillarini ajratib olish ancha qiyinchiliklarga olib keladi. Bu 
ajratishdagi asosiy qiyinchilik ularning beqarorligidir. Ular yuqori 
temperatura, kuchli kislota va ishqorlar, juda ko„p reaktivlar ta‟sirida 
o„zlarining tabiiy “nativ” xususiyatlarini yo„qotadilar. Bu jarayonlar 
denaturatsiya deyiladi. Oqsillarni ajratib olishda uchraydigan ikkinchi 
qiyinchilik biologik materialdan olinadigan murakkab aralashmalarda 
oqsil molekulalaridan, ular bilan aralashgan holda birga bo„ladigan va 
ular bilan komplekslar hosil qiladigan boshqa organik birikmalar 
lipidlar, uglevodlar, nuklein kislotalardan qutilishdir. Masalan, oqsillarni 
ajratish ko„p hujayra proteinlarining suvda erimaydigan lipidlar bilan 
bog„lanishi tufayli ularning ekstraksiyasini qiyinlashtiradi. 
Umuman, oqsillarni ajratib olishning hamma davrida temperatura 
mumkin qadar past darajada saqlanishi, ishlash uchun eng qulay 
temperatura erituvchining muzlash darajasiga yaqin chegarada tutilishi 
kerak. Muhitning kislotalilik va ishqoriylik darajasi diqqat bilan kuzatib 
borilishi va imkoni boricha oqsil nativ sharoitiga yaqin tutilishi lozim. 
Oqsillarning suvli eritmalaridan ajratish uchun eritmaga anorganik 
tuzlarning yetarli miqdorini qo„shib, cho„ktirish usuli ko„p qo„llaniladi. 
Bu maqsad uchun suvda eng yuqori erish xususiyatiga ega bo„lgan tuz 
ammoniy sulfatdir. Bu tuzni qo„shib, eritmani turli darajada to„yintirish 
yo„li bilan oqsillar bir-biridan ajratiladi. Boshqa sulfatlar, masalan 
magniy sulfat va natriy sulfat eruvchanligi ammoniy sulfatga nisbatan 
kamroq bo„lsa-da, ularning afzalligi shundaki, bu tuzlar bilan 
cho„ktirilgan oqsillarda azot miqdorini bevosita analiz qilish mumkin. 
Organik erituvchilar – etanol, metanol, atseton va boshqalar bilan 
oqsillarning suvli eritmalardan cho„ktirish mumkin. Bu usul juda past
(-10

C) haroratda juda yaxshi natija beradi.
Ayrim oqsillarni cho„ktirishda og„ir metallar (Hg
++
, Zn
++
, Cd
++
, Ba
++

Pb
++
, Cu
++ 
va boshqalar) tuzidan ham foydalaniladi. 



Oqsillar ekstraksiyalanganidan keyin fraksiyalash asosida bir-biridan 
ajratiladi. Tuzlar yordamida cho„ktirish ularni fraksiyalashda 
qo„llaniladigan eng oson usullardan biridir. Oqsillarni organik 
erituvchilar yordamida fraksiyalash usuli ham ularning eruvchanligiga 
asoslangan. 
Hozirgi 
kunda 
oqsillarni 
fraksiyalashda 
ultratsentrifugalash, 
elektroforez, xromatografiya va immunobiologik fraksiyalash usullari 
keng qo„llaniladi. 
Yuqoridagi usullar bilan ajratib olingan oqsillar tarkibida doim 
qo„shimcha moddalar bo„lib, bularning tarkibida doim uchraydigan 
tuzlar ionlarini tozalashda, odatda dializ, elektrodializ, kristallantirish
qayta kristallantirish, gelfiltratsiya va boshqa usullardan foydalaniladi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling