Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

Denaturatsiya holatidan oqsillar qayta yana nativ holatiga o„tishi 
renaturatsiya deb ataladi.
Denaturatsiya vaqtida oqsillarning strukturalarida o„zgarish 
kuzatiladi, bunda oqsillarning 2-, 3-, 4- strukturalari buziladi. Faqatgina 
1-struktura mustahkam peptid bog„lardan iborat bo„lgani uchun 
buzilmaydi. 
Denaturatsiya holati peptid bog„larining gidrolitik parchalanishiga 
aloqasining yo„qligi, ammo o„ziga xos spetsifik konfiguratsiyaning 
o„zgarishi bilan bog„liqligi ko„pgina analizlar natijasida aniqlangan. 
Oqsillarning 
shu 
xususiyatidan 
ularning 
aniqlash 
uchun 
qo„llaniladigan sifat reaksiyasida foydalaniladi. 
Suvda eriydigan oqsil-albumin yoki tuzlarning neytral eritmalarida 
eriydigan oqsil-globulin qizdirilganda cho„kmaga tushadi. Oqsillarning 
tabiatiga ko„ra ularning koagulyatsiyalanish temperaturasi har xil 
bo„ladi. 
Tekshiriladigan mahsulotlar: turli oqsillar eritmalari.
Reaktiv va asboblar:
1) 10% NaOH eritmasi
2) 0,5% CuSO
4
eritmasi; 
3) konsentrlangan nitrat kislota; 



4) 1% ningidrin eritmasi; 
5) probirkalar; 
6) pipetkalar; 
7) elektr plitka; 
8) termometr. 
 
Ishning bajarilishi: 
 
Oqsillarni temperatura ta‟sirida aniqlash uchun to„rtta probirkaga 
yuqorida tayyorlangan to„rt xil oqsil eritmasidan 5 ml dan solib
temperaturalar o„rnatiladi. Probirkalar suv hammomiga qo„yilib, asta 
sekin qizdiriladi. Har bir probirkada xiralanish temperaturasi, so„ngra 
cho„kma tushish temperaturasi belgilanib yozib olinadi. 
 
Oqsillarning rangli sifat reaksiyalari 
 
Biuret reaksiyasi. Oqsillarga xos sifat reaksiya. Oqsillarning sifat 
ko„rsatkichi bor yo„qligini aniqlash uchun bir qancha analitik usullardan 
foydalaniladi. Buning uchun oqsilni to„g„ridan-to„g„ri aniqlash yoki 
gidrolizlab aminokislotalarni aniqlash usulidan foydalanish mumkin. 
Oqsillarga xos universal rangli sifat reaksiyasi Biuret reaksiyasi 
deyiladi. Bu reaksiya orqali biomateriallardan ajratib olingan turli 
xildagi eritmalarda oqsil bor yoki yo„qligini hamda reaksiya natijasida 
hosil bo„lgan rangni to„q ko„k binafsha va och ko„k binafsha holatiga 
qarab, shu aniqlangan oqsil molekulasi zanjirining uzun yoki kaltaligini 
ham aniqlab xulosa qilish mumkin. Bu reaksiyada oqsil eritmasiga 
ishqoriy muhitda mis sulfat tuzi ta‟sir ettirilganda misning oqsil 
molekulasi bilan ko„k-binafsha rangli kompleks birikmasi hosil bo„ladi:

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling