12
konsentrlangan nitrat kislotaning aromatik
aminokislotalar bilan
nitrobirikma hosil qilib sariq rangga kirishidan foydalanilgan.
Aromatik aminokislotaga nitrat kislota ta‟sir etganda, benzol halqasi
nitrallanib, aminokislotaning nitro birikmasi hosil bo„ladi.
Ishning bajarilishi:
Ksantroprotein reaksiyasini amalga oshirish uchun tayyorlangan to„rt
xil oqsil eritmasidan to„rtta probirkaga 5 tomchidan olib, ustiga 2-3
tomchi konsentrlangan nitrat kislota qo„shiladi.
Probirkalar elektr
plitkada asta-sekin qizdirilsa, ulardagi
suyuqlik och sariq rangga
bo„yalishi mumkin. Sariq rangga bo„yalgan probirkalar sovutilib, ularga
oshiqcha miqdorda ishqor qo„shilsa, och sariq rang to„qlashadi.
Sariq rangga bo„yalgan probirkalardagi oqsillarning aminokislota
tarkibi haqida xulosa qilish mumkin.
Uchala rangli sifat reaksiyalar bo„yicha
kuzatuvlar va xulosalar
daftarga yoziladi.
Sinov savollari:
1. Oqsillarning eng asosiy fizik xususiyatlaridan biri nima?
2. Oqsillarning rangli sifat reaksiyalari qaysi reaksiyalar orqali
amalga oshiriladi?
3. Aminokislotalarning va oqsillarning erkin amin guruhlari ningidrin
ta‟sirida qanday rang hosil qiladi?
4. Ko„pchilik oqsil moddalar konsentrlangan nitrat kislota ta‟sirida
qanday rangga kiradi?
5.
Aromatik
aminokislotaga
nitrat
kislota
ta‟sir
etganda,
aminokislotaning qanday birikmasi hosil bo„ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: