Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtalari
Agar aminokislotaning radikal qismi neytral bo„lsa, aminokislotaning umumiy zaryadi 0 ga teng bo„ladi. Agar shu muhitni kislotali sharoitga olib kelsak (suyultirilgan xlorid kislota qo„shsak), u holda oqsil eritmasining manfiy zaryadlari yoki erkin karboksil guruhlari neytrallanib, oqsil molekulasining umumiy zaryadi musbat bo„lib, kation xususiyatga ega bo„ladi, aminokislota (+) zaryadlanadi. Bunda eritma muhiti pH-kislotali bo‘ladi Agar oqsil eritmasiga ishqor eritmasi qo„shsak, u holda oqsil molekulasining musbat zaryadlari (erkin amin guruhlari) neytrallanib, oqsil molekulasining umumiy zaryadi manfiy, ya‟ni anion holatga ega bo„ladi. Bu eritmada esa muhit pH ko‘rsatkichi ishqoriy muhitni namoyon qiladi Demak, aminokislotalar eritmasi muhitini o„zgartirish yo„li bilan kation (+), yoki anion holatlar (-) zaryadini saqlab qolish mumkin. Aminokislotalarning zaryadi oqsillarning umumiy zaryadini belgilaydi. Tabiiy oqsillarning hammasi ma‟lum bir aniq bo„lgan 15 zaryadga ega bo„ladi. Tabiatda uchraydigan barcha biomateriallardagi oqsillar o„z vaqtida aniq bo„lgan zaryadga ega bo„lib, izoelektroneytral holatlarda uchramaydi. Aminokislotalar zaryadini ma‟lum pH muhitida neytrallash mumkin. Ana shu pH aminokislotalar izoelektrik nuqtasi deyiladi. 3.1-jadval Ba’zi oqsillarning izoelektrik nuqtalari Oqsilning nomi pH ko„rsatkichi Oqsilning nomi pH ko„rsatkichi Pepsin Tuxum albumini -laktoglobulini - lobulin Fosforilaza Gemoglabin 1 4,6 5,2 5,2 5,8 6,6 Mioglabin Ximotripsin Ribonukleaza Ximotripsinogen Lizotsim Sitoxrom S 6,8 8,1 9,45 9,5 10,5 10,7 Demak, eritma pH ko„rsatkichining muayyan qiymatida oqsil molekulasining umumiy zaryadi neytral bo„lib qolishi ham mumkin. Bu elektroneytral holat oqsilning izoelektrik holati va bu pH ning qiymati oqsilning izoelektirik nuqtasi (IEN) deb ataladi. Oqsillar izoelektrik nuqtada beqaror bo„lib, osonlikcha cho„kmaga tushadi. Lekin oqsil izoelektrik nuqtada o„z-o„zidan cho„kmaga tushmaydi. Buning uchun oqsil molekulasini o„rab turuvchi suv qobig„ini tortib olish kerak. Shundagina oqsil molekulalari bir-biri bilan yopishib, yiriklashadi va asta sekin eritmadan cho„kmaga tushadi. Oqsillar molekulasi tarkibidagi suv qobig„ini tortib olish uchun spirt yoki atseton kabi kuchli gidrofil organik erituvchilar yoki tuzlar ta‟sir ettiriladi. Cho„kmaga tushgan oqsillardan organik yoki anorganik tuz eritmalari yo„qotilib (sentrifuga va dializ usuli bilan), uni yana qaytadan suvda eritish mumkin. Shunga asoslanib turli xildagi biomateriallardan oqsillarni ajratib olish uchun IENda cho„ktirish usulini qo„llash qulaydir. Tekshiriladigan mahsulotlar: albumin, glubulin, prolamin, glyutelin oqsillari eritmasi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling