16
Ishning bajarilishi:
Tuxum oqsilining izoelekrik nuqtasini aniqlash uchun 5
ta toza
probirka olib, ularning har biriga quyidagi keltirilgan jadvalda
ko„rsatilgan miqdorda 0,2 n sirka kislotasi hajmida 0,2
n natriy atsetat
eritmasi quyiladi va probirkalarda jadvalda ko„rsatilgan pH muhitlari
hosil qilinadi. So„ng probirkaga 0,5 ml
dan tuxum albumini eritmasi
qo„shilib, aralashtiriladi. Nihoyat, har bir probirkaga 2 ml dan etil spirti
quyiladi va 20-30 daqiqa tinch saqlanadi. Probirkalarda hosil bo„lgan
loyqalanish kuzatiladi. Qaysi bir probirkada kuchli loyqalanish hosil
bo„lgan bo„lsa, o„sha probirkadagi muhitning pH ko„rsatkichi
tuxum
albuminining izoelektrik nuqtasi deb hisoblanadi. Jadvalning oxirgi
ustuniga probirkalardagi loyqalanish darajasi (+)yoki (–) ishoralar bilan
belgilanadi.
3.2-jadval
Olingan natija va xulosalar daftarga yozib qo‘yiladi
Probirka CH
3
COONa CH
3
COOH
pH Tuxum
oqsili
Etil
spirti
Loyqala-
nish
darajasi
1
0,1
0,9
3,8
0,5
2
2
0,2
0,8
4,19
0,5
2
3
0,5
0,5
4,75
0,5
2
4
0,8
0,2
5,35
0,5
2
5
0,9
0,1
5,7
0,5
2
Sinov savollari:
1. Agar oqsil molekulasida erkin amin guruhlarining soni erkin
karboksil guruhlari sonidan ko„p bo„lsa,
u holda bunday oqsillarning
umumiy zaryadi qanday bo„ladi?
2. Agarda oqsil molekulasida erkin karboksil guruhlarining soni erkin
amin guruhlarining sonidan ko„p bo„lsa u holda oqsil molekulasining
umumiy zaryadi qanday bo„ladi?
3. Izoelektroneytral oqsilning umumiy zaryadi nechaga teng bo„ladi?
4. Oqsil eritmasidagi vodorod ionlari konsentratsiyasining
ahamiyati
nimadan iborat?
5. Oqsilning izoelektirik nuqtasi (IEN) deb nimaga aytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: