Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini
3-laboratoriya ishi
Oqsillarning izoelektrik nuqtasini aniqlash Ishdan maqsad: tuxum albumini, turli xildagi ozuqa oqsillari, boshoqliliar va dukkaklilar va shunga o„xshash biomateriallar oddiy oqsillarining izoelektrik nuqtasini aniqlash. Ma‟lumki, oqsil zanjirida aminokislotalar amin va karboksil guruhlari orqali, peptid bog„i hosil qilib birikkan. Ammo oqsil molekulasida ma‟lum miqdorda ishqor xususiyatli erkin amin guruhlar va kislota xususiyatiga ega bo„lgan erkin karboksil guruhlari bo„ladi. 13 Oqsil molekulalarida shu guruhlarning mavjudligidan, ular ikki xil (+) va (-) zaryadli bo„lishiga olib keladi. Agar oqsil molekulasida erkin amin guruhlarining soni erkin karboksil guruhlarini sonidan ko„p bo„lsa, u holda bunday oqsillarning umumiy zaryadi musbat (+) bo„ladi. Agarda oqsil molekulasida erkin karboksil guruhlarining soni, erkin amin guruhlarining sonidan ko„p bo„lsa u holda oqsil molekulasining umumiy zaryadi (-) bo„ladi. Bu yuqoridagi ikki holatda, (ya‟ni oqsil molekulasining kation (+) holatli yoki anion (-) holatli) bo„lgan eritmaga o„tkazilgan oqsil moddalarga, su‟niy ravishda biz ishqor yoki kislota qo„shish usuli bilan molekuladagi bitta amino guruhni yoki bitta karboksil guruhni neytrallash orqali ularni izoelektroneytral holatga keltirish mumkin. Bunday izoelektroneytral holatga keltirilgan oqsil molekulasida erkin amin guruhlarining soni erkin karboksil guruhlarining soni bilan teng bo„ladi, ya‟ni (-) va (+) zaryadlarning soni teng bo„ladi, bu holatda oqsil molekulasi eritmada elektroneytral bo„ladi. Izoelektroneytral oqsilning umumiy zaryadi 0 ga teng bo„ladi. Bunday oqsillar eritmada tezda cho„kmaga tushadi. 14 Oqsil eritmasi muhit pH ni, ya‟ni eritmadagi vodorod ionlari konsentratsiyasini o„zgartirish orqali oqsil tarkibidagi (+) va (-) zaryadlar nisbatini o„zgartirish mumkin. Aminokislotalar muhitining (pH) 4 dan 11 gacha bo„lgan oralig„ida bipolyar ion ko„rinishiga, ya‟ni dissotsiyalangan karboksil guruhi (-) zaryadiga va oksidlangan (+) zaryadli amin guruhiga ega bo„ladi. Aynan shu oraliqlarda oqsillarning izoelektrik nuqtalari namoyon bo„ladi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling