11
Bu birikma ikki molekula ningidrinning
aminokislota amin guruhi
azoti orqali birikishi hisobiga hosil bo„ladi. Bu reaksiya barcha
aminokislotalar uchun universal bo„lib,
oqsillardan faqat erkin amin
guruhi bo„lgan oqsil molekulalari reaksiyaga kirishadi. Ya‟ni tarkibida
diaminomonokarbon aminokislotalar bo„lgan oqsillar kiradi.
Ishning bajarilishi:
Ningidrin reaksiyasini amalga oshirish uchun to„rtta probirkaga to„rt
xil oqsil eritmasidan 5 tomchidan olib, har bir probirkaga 2-3 tomchidan
qo„shiladi. Probirkalar elektr plitkada qizdiriladi. Natijada probirkadagi
suyuqliklar ko„k-binafsha rang bo„lishi mumkin.
Probirkada hosil bo„lgan
rangga qarab, faqatgina oqsil bog„i
to„g„risida emas, oqsilning aminokislota tarkibi haqida ham xulosa qilish
mumkin.
Ksantroprotein
reaksiyasi.
Ko„pchilik
oqsil
moddalar
konsentrlangan nitrat kislota ta‟sirida och sariq rangga kirib, ishqor ta‟sir
ettirilsa sariq rang to„qlashadi. Bu
reaksiya tarkibida aromatik
aminokislotalar (fenilalanin, tirozin va triptofan) bo„lgan oqsil
molekulalari. Agar oqsil zanjirida aromatik aminokislota bo„lsa (tirozin,
fenilalanin),
bunday oqsilni ksantaprotein reaksiyasi bilan aniqlash
mumkin. Ko„pchilik oqsil moddalar konsentrlangan nitrat kislota
ta‟sirida
och sariq rangga kirib, ishqor ta‟sir ettirilsa,
sariq rang
to„qlashadi. Bu reaksiya faqatgina aromatik aminokislota tutgan oqsil
moddalar uchungina xos bo„lib, oqsilga nitrat kislota ta‟sir ettirilganda,
oqsil tarkibidagi aromatik aminokislotaning benzol halqasini nitrollaydi.
Natijada aminokislotaning nitrobirikmasi hosil bo„ladi:
NH
2
HNO
3
CH
2
- CH - COOH
O
2
N
NO
2
NH
2
CH
2
- CH - COOH
H
2
O
+ 2
+
Do'stlaringiz bilan baham: