Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti oziq-ovqat kimyosi va biokimyosi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/59
Sana17.12.2022
Hajmi1.1 Mb.
#1025785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59
Bog'liq
Oziq ovqat kimyosi va biokimyosi fanidan laboratoriyaishlarini

aminokislotalarning haddan tashqari ko„p ekanligini bildiradi. Ularning 
izoelektirik nuqtalari ham ishqoriy muhitga to„g„ri keladi. 
Protaminlar – oqsillarning eng soddasi bo„lib, ishqoriy oqsillar 
qatoriga kiradi. Bu oqsillar tarkibida arginin va lizin miqdori ko„proq 
(80% gacha) bo„lib, kuchli ishqoriy xossaga ega. Protaminlar suvda 
eriydi, qizdirilganda cho„kmaydi, lekin boshqa oqsillar ta‟sirida 
cho„kmaga tushadi.
O„simliklardan yangi uzib olingan poya, barg, ildiz, meva kabi 
namunalar sovutgichda yoki suyuq azotda muzlatiladi va so„ngra chinni 
hovonchada yanchiladi.
O„simlik urug„lari tarkibidagi oqsillarni ajratib olishdan oldin, ularni 
uglevod, lipid, nuklein kislotalar kabi moddalardan tozalashga to„g„ri 
keladi. Buning uchun urug„ mag„zi uning po„stidan tozalab, so„ngra 
maydalanib, un holiga keltiriladi. Un holiga keltirilgan material avvalo 
efirda, keyin atsetonda yuviladi, so„ngra tegishli erituvchi yordamida 
oqsil ekstraksiya qilinadi. 
Eritmaga o„tkazilgan oqsillar cho„ktirish yo„li bilan ajratib olinadi. 
Urug„lardan ajratib olingan oqsil oq rangli kukun bo„lib, uning tarkibida 
14-18% azot bo„ladi. 
Tekshiriladigan mahsulotlar: bug„doy uni, no„xat uni, tuxum oqsillari 
va boshqa o„simlik hayvon mahsulotlari. 
Reaktiv va asboblar:
1) distillangan suv;
2) 10% NaCl eritmasi; 
3) 70% etil spirit
4) NaC1 ning to„yingan eritmasi; 
5) probirkalar; 
6) suv hammomi;
7) termometr. 
 
Ishning bajarilishi: 
 
Bug„doy unidan albuminlar oqsilini ajratib olish uchun probirkaga 1 
gramm un olib, ustiga 10 ml distillangan suv qo„shiladi va 
aralashtiriladi. Probirka 30 minutga 30-35

C li suv hammomiga 
qo„yiladi. Birinchi 20 minut davomida probirkadagi massa 
aralashtiriladi, so„ngra tindiriladi. 30 minutdan so„ng probirkadagi 
albuminli eritma sentrifugalanadi (5 min. 2500 ob./min.) filtr qog„oz 



yordamida filtrlab ajiratib olinadi. Filtratning yarmi keyingi sifat 
reaksiyasi uchun qoldiriladi. Ikkinchi yarmi (3-4 ml) taxminan teng 
hajmi NaCl ning to„yingan eritmasi qo„shilsa, eritma xiralashadi. Chunki 
faqat suvda eriydigan albuminlar tuz ta‟sirida eruvchaligini yo„qotadi va 
tuzning ma‟lum konsentratsiyasida to„liq cho„kmaga tushishi kuzatiladi. 

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling